Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.06.2012 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012 YILDA OʻZBEKISTON MILLIY AVTOMAGISTRALI TARKIBIGA KIRUVChI AVTOMOBIL YOʻLLARI UChASTKALARINI QURISh VA REKONSTRUKSIYA QILISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-son qarorida belgilangan ishlab chiqarish tarmoqlarini, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha vazifalar soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2012-yilda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun neft mahsulotlarini ichki ishlab chiqarishning kutilayotgan hajmlarini hisobga olgan holda yoʻl bitumiga hisoblab chiqilgan 70,0 ming tonna hajmida qoʻshimcha ehtiyoj mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzyoʻlbutlash” respublika taʼminot boshqarmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda joriy yil oxirigacha import boʻyicha 70,0 ming tonna hajmida yoʻl bitumi yetkazib berishga “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining idoraviy mansub korxonalari bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining idoraviy mansub korxonalariga yoʻl bitumi yetkazib berishga “Aria Petrolium K/S” (Daniya) kompaniyasi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borishga va ularning yakunlari boʻyicha tender savdolari oʻtkazmasdan import kontraktlar tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Aria Petrolium K/S” (Daniya) kompaniyasi bilan olib borilgan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar yakunlarini, shuningdek import boʻyicha yoʻl bitumiga narxlarning xolisonaligini va bosqichma-bosqich yetkazib berishning kafolatlanganligini hisobga olgan holda import kontraktlar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarmani boshqarish Kengashi bilan kelishuv boʻyicha, tegishli pudrat tashkilotlari bilan birgalikda import boʻyicha yoʻl bitumiga amalda shakllanayotgan narxlar darajasini hisobga olgan holda belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga tuzatish kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda import boʻyicha sotib olingan yoʻl bitumining zarur tarzda hisobga olinishini va uning faqat Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini rekonstruksiya qilish va qurishga maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga, istisno tariqasida, import boʻyicha olinayotgan yoʻl bitumi bojxona rasmiylashtiruvi davrida amalda bojxona omboriga joylashtirilmasdan pudrat tashkilotlarining yoʻl bitumini saqlash uchun mavjud oʻralariga tushirilishi va saqlanishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining idoraviy mansub korxonalari tomonidan Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun import boʻyicha olib kelinayotgan yoʻl bitumiga bojxona toʻlovlari toʻlash (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) 2013-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatga kechiktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga import boʻyicha yoʻl bitumi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi idoraviy mansub korxonalarining soʻm mablagʻlari taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq oʻz vaqtida konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yoʻl bitumi belgilangan tartibda tayinlangan punktlargacha oʻz vaqtida tashilishi va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Gʻ.I. Ibragimov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 268-modda)