Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHSULOTNI TAQSIMLASh TOʻGʻRISIDAGI BITIMNI AMALGA OShIRISh DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBI-GʻARBIY HISOR MINTAQASIDAGI ODAMTOSh, GUMBULOQ VA JARQUDUQ-YANGI QIZILChA GAZ KONDENSATI KONLARINI OʻZLAShTIRISh OBYEKTLARI QURILIShINING LOYIHA HUJJATLARINI IShLAB ChIQISh, KELIShISh VA TASDIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Gazni qayta ishlash joyini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi ulanishga hamda investitsiyalarning oʻz vaqtida tushishi uchun zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga doir texnik shartlarning oʻzgarishi munosabati bilan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-noyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-iyun,
168-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 168-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-noyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3 va 10-bandlardagi “pudratchisini” soʻzi “pudratchisini (pudratchilarini)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi tasdiqlangunga qadar buyurtmachi ish hujjatlarini ishlab chiqishga, asosiy texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishga kirishadi, tanlov asosida qurilish pudratchisi (pudratchilari) tanlovini amalga oshiradi. Ish loyihasining tasdiqlangan tasdiqlanadigan qismi oʻzlashtirish obyektlarini qurish yuzasidan kontraktlar tuzish uchun asos hisoblanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 262-modda)