Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019 21.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi , 21.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-5
Kuchga kirish sanasi
31.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
Hujjat 31.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-5]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 163-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 41-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 179-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Q. Togʻayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-band toʻrtinchi xatboshisining oxirgi jumlasi quyidagi mazmundagi jumlalar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish toʻgʻrisidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-band:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 40-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 53-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 57 va 58-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yoʻriqnomaning 53-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 375-modda) bilan tasdiqlangan Roʻyxatning (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi mazmundagi 581 va 582-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“581. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
582. Roʻyxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, yaʼni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — oʻqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu maʼlumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf boʻlib xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi mazmundagi 801 — 803-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“801. Toshkent shahrida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
802. Toshkent viloyatida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
803. Roʻyxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, yaʼni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — oʻqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu maʼlumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yoʻriqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yoʻriqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “koʻchmas mulkni” degan soʻzlar “koʻchmas mulk” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 239-modda)