Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
“TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ISh BILAN TAʼMINLAShGA KOʻMAKLAShISh DAVLAT JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI HISOBIDAN ShAXSIY YORDAMChI VA DEHQON XOʻJALIKLARIGA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh UChUN IMTIYOZLI MAQSADLI MIKROKREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1567-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 17-martdagi 334-V, 24, 8-q/q-sonli “Tijorat banklari tomonidan ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1567-2, 20.03.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 14-apreldagi 275-V, 41 va 113-sonli qarori (roʻyxat raqami 1567, 2006-yil 2-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 156-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-aprel,
13/3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-aprel,
41-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAYITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-aprel,
20-K-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2012-yil 28-apreldagi 13/3, 41, 20-K-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimadagi “qarori asosida ishlab chiqilgan boʻlib” degan soʻzlar “qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 104-modda) muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “Nizom maqsadida” degan soʻzlar “Nizomda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shaxsiy yordamchi xoʻjalik – shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shugʻullanadigan oilaviy xoʻjalik;”.
3. 22-bandning birinchi xatboshisidagi “5 ish kunidan” degan soʻzlar “3 bank kunidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 23-banddan “uzil-kesil boʻlib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 31-banddagi “ssudalar” degan soʻz “kreditlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. Quyidagi mazmundagi V boʻlim bilan toʻldirilsin:
“V. Yakuniy qoida
36. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 235-modda)