Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI BEKOR QILISH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida yuklarni tashish boʻyicha Ukraina-Oʻzbekiston qoʻshma aviakompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida 1996-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim bekor qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma bekor qilingani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 20-martdagi 155-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-mart,
PQ-1723-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 102-modda)