Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. 2011-yilning 18-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH hukumatlari boshliqlari Kengashi majlisida imzolangan 1992-yil 8-fevraldagi gidrometeorologiya sohasida oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-fevral,
PQ-1718-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 100-modda)