Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.06.1994 yildagi PF-872-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 01.07.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKSPORT IMKONIYATINI KENGAYTIRISh BORASIDA KORXONALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRIShGA OID TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi eksport imkoniyatini kuchaytirishdan iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻp valyuta beradigan eksport mahsuloti ishlab chiqarishni qisqa muddatlarda oʻzlashtirishni taʼminlaydigan korxonalarning sohasini oʻzgartirish, ularni texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash orqali eksportga yoʻnaltirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etgan holda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning eng muhim ustuvor yoʻnalishi deb belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ishlab chiqarish hajmida eksporti tovarlari (ishlari, xizmatlari) kamida 30 foizni tashkil etadigan barcha korxonalar daromad soligʻini amaldagiga nisbatan 2 baravar kamaytirilgan miqdorda toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) eksport hajmlarini oʻstirishdan olgan erkin muomaladagi valyuta tushumi daromad soligʻini toʻlashdan va Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga majburiy ravishda sotishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, ilm-fan asosida ishlab chiqarilgan mahsulot va mashina-texnika mahsulotini eksport qilishdan olinadigan hamda eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishni kengaytirish va rivojlantirishga sarflanadigan erkin muomaladagi valyuta tushumi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga majburiy ravishda sotishdan toʻla hajmda ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar erkin muomaladagi valyutaga eksport qiladigan tovarlardan olinadigan bojlarning amaldagi muvaqqat miqdorlari 50 foiz kamaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Erkin muomaladagi valyutaga sotiladigan eksport mahsuloti ishlab chiqishni kengaytirish uchun korxonalarga kreditlar berishning imtiyozli tartibi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddat ichida imtiyozli kreditlar berish shartlarini belgilab, bunday kreditlar faqat eksport boʻyicha idoralararo komissiyaning xulosasiga binoan berilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq solishda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar munosabati bilan bir oy muddat ichida budjet bilan oʻzaro hisob-kitob tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida respublikaning eksport imkoniyatini kengaytirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqib, qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun va normativ hujjatlariga oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritishga doir takliflarni tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmon 1994-yilning 1-iyulidan amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-872-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 6-son, 194-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 28-modda)