Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2005 05.03.1994 yildagi PF-774-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA UY-JOY QURILIShINI RAG‘BATLANTIRISh VA RIVOJLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-maydagi PF-3613-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy muammosini hal qilishda aholining muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni va ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni ta’minlash, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va aholi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, hokimliklar, uy-joy qurish kooperativlari va fuqarolar uy-joy qurilishining asosiy buyurtmachilari hisoblanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurilishi eng avvalo mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, birlashmalarning, korxonalar va tashkilotlarning o‘z moliyaviy mablag‘lari, hokimliklarning mablag‘lari, fuqarolarning qo‘lidagi pullari va jamg‘armalari, banklarning uzoq muddatli kreditlari, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi, davlatning yutuqli uy-joy zayomini tarqatishdan olinadigan mablag‘lar, ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi, shuningdek budjet mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurilishini budjetdan pul bilan ta’minlash aholining muhtoj tabaqalarini, eng avvalo ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarni, pensionerlarni, urush va mehnat faxriylarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilish tariqasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 1994-yildan boshlab har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur maqsadlar uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zistiqbolstat” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xususiy va kooperativ qurilishni butun choralar bilan rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda uy-joy qurilishiga kredit va budjet mablag‘lari ajratishni ko‘zda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p bolali, muhtoj oilalarning uy-joy qurilishini ta’minlash uchun korxonalar, tashkilotlarning, xususiy korxona egalarining, tijorat tuzilmalarining hokimliklarga aniq maqsadni ko‘zlab beradigan ixtiyoriy badallari har tomonlama rag‘batlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususiy, kooperativ uy-joy quruvchi yoki kimoshdi savdosi orqali uy-joy xarid qiluvchi fuqarolar mablag‘larining manbalari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurilishini rag‘batlantirishga oid amaliy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqib, amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p qavatli uy-joy binolarini qurish chog‘ida zarur tarmoqlar majmui va aholi uchun qulayliklar yaratilishini, 10 foiz maydon savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga ajratib berilishini ko‘zda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi va kooperativ uy-joy qurilishini muvofiqlashtiruvchi xo‘jalik hisobidagi hududiy boshqarmalar zimmasiga yer maydonlarini ajratib berish, fuqarolarning uzoq muddatli kredit olishiga doir hujjatlarini tayyorlash, undan aniq maqsad yo‘lida foydalanishni nazorat qilish, uy-joy hamda muhandislik infrastrukturasi inshootlari qurilishini texnikaviy nazorat qilish, shuningdek zarur binokorlik materiallarini taqsimlash va ular bilan ta’minlash vazifasini yuklasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddat ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavarxitektqurilish”, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va hokimliklar bilan birgalikda quyidagi takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy va kooperativ uy-joy qurilishi uchun huquqiy va jismoniy shaxslarga ajratiladigan yer maydonlaridan foydalanish huquqi berilishi uchun yerning sifatiga, qayerda joylashganligiga va muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligiga qarab tabaqalashtirilgan tarzda to‘lanadigan haq miqdorlari to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini mumkin qadar soddalashtirishni nazarda tutgan holda yer maydonlari ajratib berish tartibi to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy qurilishi uchun beriladigan yer maydonlariga to‘lanadigan pul mablag‘lari to‘la-to‘kis mahalliy budjetlarning daromadlariga qo‘shiladi hamda uy-joy qurilishini pul bilan va uni magistral, yer osti va mavze ichkarisidagi muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga teng ulushlarda sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, uy-joy qurilishiga bank muassasalari kreditlarni kamida 10 yil muddatgacha yillik 20 foiz miqdorida, uchinchi yildan qarzni uza boshlash sharti bilan, quyidagi miqdorlarda beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy imorat soluvchilarga qurilish qiymatining 50 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p bolali, muhtoj oilalardan xususiy imorat soluvchilar uchun kreditlar uy-joy qiymatining 70 foizi miqdorida 15 yil muddatga yillik 15 foizli hisob-kitob sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish kooperativlariga qurilish qiymatining 80 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit muddatidan ilgari to‘langanida foiz miqdorlari quyidagicha kamaytiriladi: uch yilgacha — 50 foiz, besh yilgacha — 30 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmonning 5-bandida ko‘rsatilgan kreditlar quyidagi shartlar asosida beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garov to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi muvaqqat nizomga muvofiq ko‘chmas mulk garovga olinib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish kooperativining a’zosi qurilish qiymatining kamida 15 foizini bank muassasasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda imorat soluvchi qurilish qiymatining kamida 30 foizini bank muassasasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazgan yoki qurilish qiymatining kamida 30 foizi bajarilgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aholi uy-joy qurish va sotib olishga foydali shartlar asosida o‘z mablag‘larini jamg‘arish uchun maxsus uy-joy ssuda-jamg‘arma hisobvaraqalari tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Jamg‘arma banki O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa banklari bilan birgalikda bir oy muddat ichida maxsus uy-joy ssuda-jamg‘arma hisobvaraqalarini amalga kiritish tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ikki oy muddat ichida davlatning yutuqli uy-joy zayomini chiqarishni tashkil etish haqida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublikada ishlab chiqarilgan binokorlik materiallari yakka tartibda imorat soluvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli narxlarda sotilsin. Ayni vaqtda imtiyozli narxlarda binokorlik materiallari sotuvchi korxonalarning daromadlari qo‘shimcha qiymati solig‘idan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekbirlashuv”, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni hamda binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan boshqa korxonalar va tashkilotlar joylarda zarur binokorlik materiallarini birinchi galda xususiy uy-joy qurayotgan fuqarolarga sotishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘larini jamlashni, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish yoki uy-joy sotib olish uchun maxsus uy-joy ssuda-jamg‘arma hisobvaraqalariga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan o‘z xodimlariga moliyaviy yordam berishni amalda kengroq qo‘llash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar haqida takliflar kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy imorat soluvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga imtiyozli narxlarda binokorlik materiallari sotuvchi korxonalarning daromadlarini qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonning 10-bandidagi shartlarga muvofiq uy-joy quruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning daromadlaridan imtiyozli soliq olish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xususiy va kooperativ qurilish sohasida binokorlik hamda maxsus montaj ishlarini amalga oshiruvchi pudrat, ta’mirlash-qurilish, maxsus montaj tashkilotlarini bajarilgan ishlar hajmi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi har yili markazlashtirilgan kapital mablag‘lar hajmini belgilash chog‘ida xususiy va kooperativ qurilish dahalariga magistral va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari qurishga mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonni bajarishga doir tegishli qarorni 10 kun muddat ichida qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimchalar va o‘zgartishlar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddat ichida taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-774-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 84-modda)