Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
ADLIYA VAZIRLIGI 1997-YIL 5 MARTDA 311-SON BILAN ROʻYXATGA OLGAN “KORXONA, MUASSASA VA TAShKILOTLAR SOTILGAN MAHSULOT (IShLAR, XIZMATLAR)NING AMALDAGI HAJMIDAN OʻZR IJTIMOIY TAʼMINOT VAZIRLIGI HUZURIDAGI PENSIYA FONDIGA OʻTKAZADIGAN MAJBURIY AJRATMALARNI HISOBLASh VA TOʻLASh TARTIBI”GA (OʻZR MOLIYA VAZIRLIGI № 04-01-05/96A, DSQ № 97-14, PF № 03-01/43 1997-YIL 21 FEVRAL) QOʻShIMChANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 311-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi pensiya fondi tomonidan 1998-yil 13-iyulda 04-01-02/512, 19-107, 98-89, 04-1/-321-son bilan tasdiqlangan Adliya vazirligi 1997-yil 5-martda 311-son bilan roʻyxatga olgan “Korxona, muassasa va tashkilotlar sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi hajmidan OʻzR Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga oʻtkazadigan majburiy ajratmalarni hisoblash va toʻlash tartibi”ga (OʻzR Moliya vazirligi № 04-01-05/96a, DSQ № 97-14, PF № 03-01/43 1997-yil 21-fevral) qoʻshimcha (roʻyxat raqami 311-1, 1998-yil 6-avgust) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-dekabr,
83-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-dekabr,
37/3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-dekabr,
2011-36-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 13-modda)