OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2296]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1994-yil 13-mayda 53, 118-son bilan tasdiqlangan qoʻshimcha qiymat soligʻini qoʻllash boʻyicha tushuntirish xati (roʻyxat raqami 52, 1994-yil 5-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1994-yil 1-iyulda 65, 128-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 1992-yil 25-martdagi 4-1-1-son va 1993-yil 15-yanvardagi 9/16-son yoʻriqnomalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshimcha (roʻyxat raqami 72, 1994-yil 13-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 14-noyabrda 04-03-04/531, 97-94-son bilan tasdiqlangan 1997-yilda yer osti magistral muhandislik kommunikatsiyalariga yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq solish boʻyicha tushuntirish (roʻyxat raqami 416, 1998-yil 31-mart) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-dekabr,
74-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-dekabr,
2011-35-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 527-modda)