Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2297]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 7-dekabrda 02-20-64-son bilan tasdiqlangan Bojxona brokerlari va deklarantlari faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga 1-son oʻzgartish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 495-1, 2000-yil 16-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2001-yil 19-martdagi 02/20-7-son “Bojxona brokerlari va deklarantlari faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 495-2, 2001-yil 29-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil 6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-noyabr,
01-02/20-22-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 528-modda)