Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
IJTIMOIY TAʼMINOT ORGANLARIDA VA “OʻZBEKISTON POChTASI” GAK ALOQA BOGʻLAMALARI KORXONALARIDA IShLAMAYDIGAN ONALARGA BOLA IKKI YoShGA YETGUNGA QADAR UNI PARVARISh QILISh NAFAQALARINI TOʻLAShNI TOʻXTATISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 633-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan 1999-yil 1-fevralda tasdiqlangan Ijtimoiy taʼminot organlarida va “Oʻzbekiston pochtasi” GAK aloqa bogʻlamalari korxonalarida ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarini toʻlashni toʻxtatish tartibi” (roʻyxat raqami 633, 1999-yil 12-fevral) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-dekabr,
76-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-dekabr,
79-son
Kelishildi:
“Oʻzbekiston pochtasi” Ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori R. QOSIMOV
2011-yil 6-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 537-modda)