Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2012 30.11.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2284
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 30.11.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2284
Kuchga kirish sanasi
10.12.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2012
Hujjat 10.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2011 YIL 3 NOYABRDAGI PF-4377-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2284]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 18-iyuldagi 52-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2380, 20.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 43-44-son, 462-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 19-iyuldagi 42-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-iyuldagi PF-4332-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2246, 2011-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 29-son, 311-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 18-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2011-yilning 1-dekabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam ish haqi — oyiga 62 920 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshga doir pensiyalar — oyiga 123 060 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 123 060 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 75 510 soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2011-yil 1-dekabrdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlar (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-dekabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonda belgilangan 1,1 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (62 920 soʻm x 8 = 503 360 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz hissasi 503 360 soʻm (62 920 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionyerlar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) Qonunning 7- va 17-moddalariga muvofiq pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (62 920 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzgartirishlar sanasi va davri‎

Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori‎

‎‎Soʻmlarda:

01.01.1973-yildan‎ 70,00‎
01.01.1992-yildan‎ 350,00‎
01.03.1992-yildan‎ (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00‎
01.04.1992-yildan‎ 550,00‎
01.07.1992-yildan‎ 1000,00‎
01.09.1992-yildan‎ 1250,00‎
01.10.1992-yildan‎ 2000,00‎
01.01.1993-yildan‎ 2500,00‎
01.04.1993-yildan‎ 3000,00‎
01.06.1993-yildan‎ 7500,00‎
01.07.1993-yildan‎ 11250,00‎
01.09.1993-yildan‎ 13500,00‎
01.11.1993-yildan‎ 16200,00‎

‎‎Soʻm-kuponlarda:

01.12.1993-yildan‎ 24300,00‎
01.01.1994-yildan‎ 30000,00‎
01.03.1994-yildan‎ 45000,00‎
01.06.1994-yildan‎ 70000,00‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm):‎

01.07.1994-yildan‎ 70,00‎
01.08.1994-yildan‎ 100,00‎
01.03.1995-yildan‎ 150,00‎
01.09.1995-yildan‎ 250,00‎
01.04.1996-yildan‎ 400,00‎
01.09.1996-yildan‎ 550,00‎
01.12.1996-yildan‎ 600,00‎
01.07.1997-yildan‎ 750,00‎
01.07.1998-yildan‎ 1100,00‎
01.01.1999-yildan‎ 1320,00‎
01.08.1999-yildan‎ 1750,00‎
01.08.2000-yildan‎ 2450,00‎
01.08.2001-yildan‎ 3430,00‎
01.04.2002-yildan‎ 3945,00‎
01.08.2002-yildan‎ 4535,00‎
01.05.2003-yildan‎ 5440,00‎
01.08.2004-yildan‎ 6530,00‎
01.05.2005-yildan‎ 7835,00‎
01.10.2005-yildan‎ 9400,00‎
01.07.2006-yildan‎ 10800,00‎
01.11.2006-yildan‎ 12420,00‎
01.08.2007-yildan‎ 15525,00‎
01.11.2007-yildan‎ (15525,00 + 18630,00) / 2 = 17077,50‎
01.12.2007-yildan‎ 18630,00‎
01.04.2008-yildan‎ 20865,00‎
01.09.2008-yildan‎ 25040,00‎
01.11.2008-yild�n‎ (25040,00 + 28040,00) / 2 = 26540,00‎
01.12.2008-yildan‎ 28040,00‎
01.08.2009-yildan‎ 33645,00‎
01.12.2009-yildan‎ 37680,00‎
01.08.2010-yildan‎ 45215,00‎
01.12.2010-yildan‎ 49735,00‎
01.08.2011-yildan‎ 57200,00‎
01.12.2011-yildan‎ 62920,00‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 48-son, 495-modda)