Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SOBIQ SSR ITTIFOQINING MUKOFOTLAR QONUNIDA BELGILANGAN HUQUQ VA BURChLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDA SAQLAB QOLISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Ulugʻ Vatan urushi yillaridagi, uning iqtisodini, fani va madaniyatini shakllantirishdagi, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlarini eʼtirof etib, qaror qilaman:
1. Sobiq SSR Ittifoqining davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarida, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligining xodimlari va boshqa fuqarolarida ilgari mukofotlar qonunida koʻzda tutilgan huquq va burchlar saqlab qolinsin.
2. Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
PF-604-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 4-son, 183-modda)