Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.03.1993 yildagi PF-580-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993 YILNING 1 APRELIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol mollari va xizmatlarning narxlari to‘xtovsiz o‘sib borayotgan sharoitda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shu yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida ish haqining eng oz miqdori oyiga 3.000 so‘m miqdorida belgilansin yoki ishlovchilarning mansab okladlari 1.2 baravar oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 3.000 so‘m miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hozirgi vaqtda berilayotgan barcha turdagi pensiyalarning miqdori 30 foiz oshirilib, mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 3.250 so‘m qilib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari, kiyim-bosh va ovqat bilan ta’minlanmaydigan texnikumlar hamda hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1,2 baravar ko‘paytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarni oshirishga mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan sarf-xarajatlarni pul bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Budjetdan pul bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, tashkilotlari va muassasalar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asoslanib, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq xodimlarning mansab okladlari o‘z vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xo‘jalik hisobidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ushbu maqsadlarga o‘zlarining mablag‘ manbalarini qidirib topishlariga qarab mazkur Farmonda belgilangan mehnat haqining eng oz miqdorini joriy etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini taminlovchi choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-580-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 3-son, 154-modda)