Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI MOLIYALAShTIRISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 514-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1396-sonli qarorining 11-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 1998-yil 11-avgustda tasdiqlangan Geologiya-qidiruv ishlarini moliyalash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 514, 1998-yil 27-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi v. b. I. TOʻRAMUROTOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-sentabr,
1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-sentabr,
58-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 5-sentabr,
9-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 456-modda)