21.09.2011 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SIMOBLI LAMPALARNING ISHLATILIB BOʻLGAN RESURSLARINI TOʻPLASH VA ULARNI UTILIZATSIYA QILISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish, atrof muhitni simob bilan ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
simobli mahsulotlarni zararsizlantirish (demerkurizatsiyalash) va utilizatsiya qilishni (keyingi oʻrinlarda utilizatsiya qilish tashkilotlari deb ataladi) amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruxsatnomasiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan, shu jumladan energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy chiqindilarni toʻplash punktlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻplangan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari utilizatsiya qilish tashkilotlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, simobli lampalardan foydalanadigan yuridik shaxslar simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan va yaroqsiz resurslarini faqat utilizatsiya qilish tashkilotlariga topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tarkibida simobli lampalarni utilizatsiya qilish tashkilotlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiyani tejaydigan lampalar sotib olishda simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resursi (ishlab chiqaruvchi korxonadan qatʼi nazar) qaytarilgan taqdirda ularning qiymatini 5 foizga kamaytirish tarzida taqdirlash tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga Mahalliylashtirish dasturi doirasida imtiyozlar berish munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirishga, shu jumladan simobli lampalarni toʻplash, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash uchun yoʻnaltirish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda, zararsizlantiriladigan va utilizatsiya qilinadigan simobli lampalarning hajmlaridan kelib chiqqan holda, utilizatsiya qilish boʻyicha yangi tashkilotlar tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining takliflariga binoan, utilizatsiya qilish tashkilotlari tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma olmasdan simobli lampalarni mustaqil ravishda utilizatsiya qilishga yoki zararsizlantirishga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda — simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini aholi tomonidan topshirilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlr.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilishning zarurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-sentabrdagi 266-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash boʻyicha asosiy shartlar va talablarni hamda ularni utilizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom normalari simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari — ishlatishdan chiqqan hamda utilizatsiya qilish lozim boʻlgan simob toʻldirilgan yoritish qurilmalari va elektr lampalari sifatidagi butun simobli lampalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
simobli lampalardan foydalanuvchilar — simob toʻldirilgan yoritish qurilmalari va elektr lampalaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
utilizatsiya qilish tashkilotlari — utilizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ruxsatnomasiga hamda ekologik va sanitariya-gigiyena ekspertizasidan oʻtgan zarur texnologik asbob-uskunalarga ega boʻlgan, simobli chiqindilarni zararsizlantirishni (utilizatsiya qilishni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻplash — simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini keyinchalik utilizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan (aholidan) qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
utilizatsiya qilish — ishlatilib boʻlgan yoki yaroqsiz simobli lampalarni zararsizlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan toʻplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Simobli lampalardan foydalanuvchilar simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda utilizatsiya qilishga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Simobli lampalardan yoritish uchun foydalanuvchilar (aholidan tashqari) simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini boshqa chiqindilardan alohida, maxsus ajratilgan joyda toʻplaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash lampalarni shikastlamaydigan va ulardagi simobli moddalarning havoga chiqishiga, suv taʼminoti manbalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus idishda amalga oshiriladi. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini yangi simobli lampalardan boʻshagan, shikastlanmagan idishda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar simobli lampalardan foydalanuvchi (aholidan tashqari) oʻz hududiga ega boʻlmasa va maydonlarni ijara shartnomasi boʻyicha (sanoat ishlab chiqarish obyektlaridan tashqari) faqat idora, savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari (biznes-markazlar, savdo korxonalari, bozorlar va boshqa obyektlar) uchun egallab turgan boʻlsa, u yerdagi binolardan foydalanish xizmatlari ularning egasi yoki ular tomonidan vakolat berilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilsa, simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash ijarachidan qoʻshimcha toʻlov undirmasdan ijaraga beruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Simobli lampalardan foydalanuvchilar (aholidan tashqari) tomonidan simobli lampalarning aylanishi hisobi qayd etiladigan daftar majburiy tartibda yuritiladi. Daftarda muayyan davr mobaynida sotib olingan lampalarning soni, foydalaniladigan joyi va ularni qabul qilib olgan masʼul shaxs (sex, uchastka boshligʻi yoki boshqalar) majburiy tartibda koʻrsatiladi. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilishga qaytarish ham daftarda tegishli ravishda qayd qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkitadan koʻp ishlab chiqarish uchastkalariga yoki faoliyatni amalga oshirish joylariga ega boʻlgan simobli lampalardan foydalanuvchilar (aholidan tashqari) simobli lampalardan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha masʼul shaxsni tayinlaydilar. Masʼul shaxs tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Simobli lampalarning aylanishi qayd etiladigan daftar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlar vaqtida koʻrsatiladigan hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
utilizatsiya qilish tashkilotlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan, shu jumladan energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lampalarni shikastlamaydigan va ulardagi simobli moddalarning havoga chiqishiga, suv taʼminoti manbalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus idishda, maishiy chiqindilarni toʻplash punktlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Simobli lampalarni aholiga turgʻun savdo shoxobchalari orqali, savdo komplekslarida, shuningdek firma doʻkonlarida va ishlab chiqaruvchi korxonalarning vakolatxonalarida sotadigan savdo korxonalari simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini, keyinchalik ularni energiyani tejaydigan lampalarning ishlab chiqaruvchi korxonalariga topshirgan holda qabul qilib olishni majburiy tartibda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini (ishlab chiqaruvchi korxonadan qatʼi nazar) qaytargan holda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiyani tejaydigan yangi lampani sotib olishda sotib olinayotgan lampa qiymatini 5 foizga kamaytirish tarzida taqdirlash amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻplangan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari utilizatsiya qilish tashkilotlariga shartnoma asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Simobli lampalarning yaroqsiz yoki ishlatilib boʻlgan resurslarini topshirganlik uchun taqdirlash pulini qoplash tartibi energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo korxonalari oʻrtasidagi shartnomalarda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini topshirganlik uchun taqdirlash summasini qoplash uchun simobli lampalarning ishlab chiqaruvchi korxonalariga zarur boʻlgan mablagʻlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Simobli lampalardan foydalanuvchilarning simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini mustaqil ravishda utilizatsiya qilishi yoki zararsizlantirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash ularni belgilangan sanitariya-gigiyena, ekologiya talablarining va boshqa talablarning bajarilishini taʼminlaydigan metodlar bilan zararsizlantiradigan va qayta ishlaydigan utilizatsiya qilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Davsanepidnazorat” markazlari bilan kelishgan holda joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Energiyani tejaydigan lampalarni sotish punktlari orqali qabul qilib olingan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish lampalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo korxonalari oʻrtasidagi shartnomalar asosida bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashkilotlarda toʻplangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish utilizatsiya shartnomalari asosida bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilingan simobli lampalarni utilizatsiya qilish simobli lampalardan foydalanuvchilar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yigʻilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish “Maxsustrans” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Takroriy foydalanilishi mumkin boʻlgan, utilizatsiya qilishda olinadigan barcha ikkilamchi materiallar utilizatsiya qilish tashkilotlari tasarrufida qoladi va ulardan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Utilizatsiya qilish tashkilotlarini moliyalashtirish utilizatsiya qilishda olinadigan ikkilamchi resurslar va materiallarni sotishdan, simobli lampalardan foydalanuvchilarga va boshqa tashkilotlarga utilizatsiya qilish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatdan tushadigan mablagʻlar, grantlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Nazorat va javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining “Davsanepidnazorat” respublika markazi va ularning mahalliy hududiy boʻlinmalari simobli lampalarni toʻplash hamda utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatning tashkil etilishi va yuritilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 388-modda; 2016-y., 26-son, 318-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)