Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022 16.09.2011 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOJXONA ORGANLARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, bojxona organlari, eng avvalo, bojxona postlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini ularning toifalarini, amaldagi yuklama hajmlarini va ish sharoitlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 1-oktabrdan boshlab toifalardan tashqari bojxona postlarining xodimlarining tarif razryadlarini Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari lavozim maoshlari Yagona tarif setkasining 2 tarif razryadiga, birinchi toifali bojxona postlari xodimlarining tarif razryadlarini 1 tarif razryadiga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bojxona organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar yuklama hajmini va ish sharoitlarini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toifalardan tashqari bojxona postlarida — lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi toifali postlarda — lavozim maoshining 35 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi toifali postlarda — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona postining toifasidan qat’iy nazar, alohida sharoitlardagi bojxona postlarida xizmatni o‘tayotganlik uchun kinologiya guruhlariga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona organlarini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilmasida Maxsus mukofot jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, Bojxona organlarini rivojlantirish jamg‘armasi umumiy tushumlarining 25 foizgachasi uni shakllantirishning manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga Mukofot jamg‘armasi mablag‘laridan bojxona organlari xodimlarini quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy o‘tkazish holatlarini aniqlaganligi va ularning oldini olganligi, ularni davlat daromadiga o‘tkazganligi uchun — musodara qilingan tovarlar qiymatiga ko‘ra lavozim maoshining 1 baravaridan 10 baravarigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan olib kelish va chetga chiqarish taqiqlangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazish holatlarini aniqlaganligi va ularning oldini olganligi uchun — lavozim maoshining 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilda ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni 2011-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “boshqa xarajatlar” bo‘limi bo‘yicha tasdiqlangan parametrlari doirasida moliyalashtirsin, 2012-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 38-son, 387-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son)