Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA ULAR PREKURSORLARINING QONUNGA XILOF RAVIShDA MUOMALADA BOʻLIShIGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA MARKAZIY OSIYO MINTAQAVIY AXBOROT MUVOFIQLAShTIRISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA OZARBAYJON RESPUBLIKASI, QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI, QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASI, ROSSIYA FEDERATSIYASI, TOJIKISTON RESPUBLIKASI, TURKMANISTON VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI BITIMNI (OSTONA, 2006 YIL 24 IYuL) RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 27-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 27-avgustda maʼqullangan
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida Ozarbayjon Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi Bitim (Ostona, 2006-yil 24-iyul) quyidagi bildirishlar bilan ratifikatsiya qilinsin:
1) Bitimning 8-moddasi 1-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi Bitim doirasida milliy muvofiqlashtiruvchi organ sifatida belgilangan.
Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari sifatida: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi belgilangan”;
2) Bitimning 9-moddasi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining direktori Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasidan vakil sifatida belgilangan”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-sentabr,
OʻRQ-297-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 376-modda)