O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi Qonuniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartishlar kiritilsin:
1. “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF–2240-son Farmoniga:
4-banddagi “Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi raisi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Farmon 1-ilovasi 34-bandining o‘ninchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining, ichki qo‘shinlar” hamda “praporshchiklari, michmanlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin, “muddatga qo‘shimcha xizmat qilayotgan” degan so‘zlar esa “kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Farmon 1-ilovasi 34-bandining o‘n ikkinchi xatboshidagi “praporshchiklar, michmanlar” va “Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-iyun,
PF-3441-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)