Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“JISMONIY ShAXSLARNING NAQD XORIJIY VALYUTANI OLIB KELIShI VA OLIB ChIQIB KETIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 20-MARTDAGI PF-1979-SON FARMONIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi PF-5276-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bojxona rejimini yanada erkinlashtirish maqsadida:
1. 2001-yilning 1-iyulidan boshlab jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlaridan ular olib kelgan naqd xorijiy valyutaning 10000 AQSh dollaridan ziyod qismidan bir foiz miqdorida boj toʻlovi olinishi bekor qilinsin.
2. “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-son Farmoni 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “10 ming AQSh dollariga teng miqdorda” degan soʻzlar olib tashlansin;
ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-iyun,
PF-2887-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 123-modda)