Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Bir-biriga mos keluvchi milliy teletibbiyot tizimlarini yaratishda va ularni yanada rivojlantirish hamda foydalanishda MDHda qatnashuvchi davlatlar hamkorligi toʻgʻrisida 2010-yil 19-noyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — 2017-y., 2-son, 25-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani va Bitimni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar tayinlangani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnomani yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-avgust,
PQ-1607-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 346-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)