Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash sohasida hamkorlik qilish hamda Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash masalalari boʻyicha Davlatlararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisida MDHda qatnashuvchi davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi majlisida 2010-yil 19-noyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan masʼul boʻlgan markaziy vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi esa vakolatli organlar etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani va Bitimni amalga oshirish yuzasidan masʼul boʻlgan vakolatli organlar tayinlangani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnomani yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-avgust,
PQ-1591-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 324-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)