Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 27.06.1995 yildagi PF-1193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Hujjat 27.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYUTASINING IChKI ERKIN ALMAShTIRILIShINI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy valyutani mustahkamlash va uning ichki erkin almashtirilishini taʼminlash, respublikaga chet el investitsiyalarini jalb qilish va isteʼmol bozorini toʻldirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida operatsiyalarni yanada erkinlashtirishni amalga oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyuta — soʻmni erkin muomaladagi valyutaga erkin almashtirishga boʻlgan talabini qondirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarur deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank va vakolatli banklar naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish hajmlarini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha resurslarni qidirib topsinlar, ushbu maqsadlarga 1995-yilning ikkinchi yarim yilida kamida 120 million AQSh dollarini yoʻnaltirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va ular bilan respublika ichki bozorini toʻldirish bilan band boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— eksportga, birinchi navbatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining markazlashtirilgan eksport roʻyxatiga kiritilgan mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarish bilan band boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekistonda ishlab chiqarish faoliyatidan belgilangan tartibda olingan foyda va dividendlarning bir qismini repatriatsiya qilishni amalga oshiruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— respublika iqtisodiyotining bazaviy va yetakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy sarmoya ishtirokidagi qoʻshma korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar erkin muomaladagi valyutaga aylantirish huquqiga koʻproq ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yilning 1-iyulidan boshlab koʻrsatib oʻtilgan korxonalar va tashkilotlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, naqd pulsiz soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga aylantirish Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida vakolatli banklarning talabnomalari asosida quyidagi majburiy shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy sheriklar bilan tuzilgan kontraktlar, shuningdek vakolatli bankning ekspert xulosasi mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy valyutani mablagʻlarni soʻmlarda oldindan ehtiyot qilib qoʻygan holda korxonalarning faqat oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— korxonalarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha qarzlarining, mahsulot yetkazib beruvchilardan va bank ssudalari boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarzlarining yoʻqligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Erkin muomaladagi valyutaga almashtirish boʻyicha valyuta operatsiyalarini oʻtkazishni va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida foydalanishni, shuningdek ularda jismoniy va yuridik shaxslarning qatnashishi uchun bir marta ruxsat berish yuzasidan qarorlar qabul qilishni nazorat etish pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga yuklansin. Komissiya tarkibi ilovaga* muvofiq qayta tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida operatsiyalar oʻtkazishning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan talablarga javob beradigan tartibini oʻn kun muddatda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yilning 1-iyulidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlarga kredit berish faqat Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin almashtiriladigan valyutada kreditlar ajratish nazarda tutilgan korxona va tashkilotlarga koʻrsatib oʻtilgan kreditlar vakolatli banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida, keyinchalik uni Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida erkin muomaladagi valyutaga almashtirgan holda, ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan korxonalarga kredit berish uchun vakolatli banklarga milliy valyutada kredit liniyalari ochsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chet el banklari, eksport-import agentliklari va xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratiladigan erkin muomaladagi valyuta holidagi qarz mablagʻlarni kreditga berish va qayta mablagʻ bilan taʼminlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, korxona va tashkilotlarga erkin muomaladagi valyutada ilgari berilgan kreditlarni toʻlashning amaldagi tartibi ham saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni belgilasinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— valyuta birjasida sotib olingan va 60 kun mobaynida belgilangan maqsadda foydalanilmagan chet el valyutasi korxonalar tomonidan vakolatli banklar orqali Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida soʻzsiz qayta sotilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— korxona va tashkilotlar, vakolatli banklar import qilinadigan mahsulotlar uchun erkin muomaladagi valyutada hisob-kitoblarni amalga oshirishda shundan kelib chiqadilarki, bunda avans toʻlovlarning eng yuqori miqdori kontrakt qiymatining 15 foizidan oshmasligi hamda chet el korrespondent-bankining muqobil kafolati albatta mavjud boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qoʻmitasi korxonalarning eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga soʻzsiz rioya qilishlari ustidan muntazam nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— shu yilning III choragida davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda respublikada oʻz tayyor mahsulotini ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida eksport va import bojlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki milliy valyuta — soʻmni mustahkamlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hajmini yanada koʻpaytirish maqsadida 1996-yil 1-yanvargacha respublikaning oltin-valyuta resurslarini Markaziy bankka berish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 234-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1193-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 155-modda; 2003-y., 6-7-son, 93-modda; 2003-y., 9-10-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; 2003-y., 1-2-son, 3-modda; 2016-y., 51-son, 579-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son; 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)