Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYUTASINING IChKI ERKIN ALMAShTIRILIShINI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Milliy valyutani mustahkamlash va uning ichki erkin almashtirilishini taʼminlash, respublikaga chet el investitsiyalarini jalb qilish va isteʼmol bozorini toʻldirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida operatsiyalarni yanada erkinlashtirishni amalga oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyuta — soʻmni erkin muomaladagi valyutaga erkin almashtirishga boʻlgan talabini qondirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarur deb hisoblansin.
Markaziy bank va vakolatli banklar naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish hajmlarini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha resurslarni qidirib topsinlar, ushbu maqsadlarga 1995-yilning ikkinchi yarim yilida kamida 120 million AQSh dollarini yoʻnaltirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-apreldagi PF-3276-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-apreldagi PF-3276-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
7. Chet el banklari, eksport-import agentliklari va xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratiladigan erkin muomaladagi valyuta holidagi qarz mablagʻlarni kreditga berish va qayta mablagʻ bilan taʼminlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Shuningdek, korxona va tashkilotlarga erkin muomaladagi valyutada ilgari berilgan kreditlarni toʻlashning amaldagi tartibi ham saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
— mijozlarning talabnomalari boʻyicha vakolatli banklar tomonidan sotib olingan va oʻn besh ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyuta soʻzsiz qayta sotilishi kerak;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi PF-4891-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 51-son, 579-modda)
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-apreldagi PF-3276-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qoʻmitasi korxonalarning eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga soʻzsiz rioya qilishlari ustidan muntazam nazoratni taʼminlasinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank bir hafta muddatda:
— normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar;
— shu yilning III choragida davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
— Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda respublikada oʻz tayyor mahsulotini ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida eksport va import bojlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki milliy valyuta — soʻmni mustahkamlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hajmini yanada koʻpaytirish maqsadida 1996-yil 1-yanvargacha respublikaning oltin-valyuta resurslarini Markaziy bankka berish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
12. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 234-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-iyun,
PF-1193-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 155-modda; 2003-y., 6-7-son, 93-modda; 2003-y., 9-10-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; 2003-y., 1-2-son, 3-modda; 2016-y., 51-son, 579-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son; 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)