Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2018 28.12.1995 yildagi PF-1334-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ULUG‘ VATAN URUShI YILLARIDA HARBIY MAJBURIYATLARINI BAJARGAN YOKI MAMLAKAT IChKARISIDA IShLAGAN ShAXSLARGA PENSIYALARNI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘lash to‘g‘risida” 1995-yil 20-noyabrdagi 1289-son Farmonga qo‘shimcha ravishda shu narsa belgilab qo‘yilsinki, Ulug‘ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan, hozirda ham ishlab turgan pensionerlarga 1996-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta’minot, mudofaa, ichki ishlar, moliya vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va Ijtimoiy sug‘urta fondi “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lash tartibi”ga bir hafta muddat ichida tegishli qo‘shimchalarni kiritsinlar hamda respublikaning barcha vazirliklariga, idoralari, korxonalari va tashkilotlariga yetkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonunlarni ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirish borasidagi takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1334-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 304-modda)