Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM MUASSASALARIDA TEST OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 8-iyulda 1257-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 475-son “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida”gi va 2004-yil 24-iyundagi 293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 289-modda) qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2003-yil 16-iyundagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida test oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1257, 2003-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-iyul,
2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 292-modda)