Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 04.07.2011 yildagi 197-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 04.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 5 YaNVARDAGI PF-4262-SON FARMONI)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-iyuldagi 197-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 3-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) I boʻlimning 1 va 2-moddalari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“1-modda‎‎‎

Konsullik yigʻimlari quyidagi miqdorlarda undiriladi:

a) xorijda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini berganlik uchun‎

25 AQSh dollar

b) xorijda tegishli yoshga toʻlganda, shuningdek vizalar uchun varaqlar tugaganda yoki yoʻqotib qoʻyilgan pasport oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini (biometrik namunada boʻlmagan) berganlik uchun

25 AQSh dollari‎

v) xorijda pasport va harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida murojaat qilinmaganda - muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kalendar yil uchun

20 AQSh dollaridan‎

g) xorijda pasportni va harakatlanish hujjatini yoʻqotib qoʻyganlik uchun‎

20 AQSh dollari‎

d) yoʻqotib qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti oʻrniga Oʻzbekistonga qaytish uchun sertifikatni rasmiylashtirganlik uchun

15 AQSh dollari‎

e) chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun‎

25 AQSh dollari‎

j) chet elga chiqish uchun ilgari rasmiylashtirilgan ruxsat beruvchi yozuv stikeriga baʼzi oʻzgartirishlar kiritganlik, shu jumladan bolalar toʻgʻrisida yozuvlarni kiritganlik uchun

10 AQSh dollari”;‎

z) chet elda doimiy yashash uchun qoldirishga ruxsat berish toʻgʻrisida yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

100 AQSh dollari‎

2-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muassasalari tomonidan respublika hududida xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirganlik va berganlik uchun yigʻimlar AQSh dollariga ekvivalent miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida undiriladi:‎

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini (biometrik namunada boʻlmagan) berganlik uchun

25 AQSh dollari‎

b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, shu jumladan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarga biometrik pasportini berganlik uchun

25 AQSh dollari

v) pasport va harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida murojaat qilinmaganda — muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kalendar yil uchun‎

20 AQSh dollaridan‎

g) pasportni va harakatlanish hujjatini yoʻqotib qoʻyganlik uchun

20 AQSh dollari

d) chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun‎

25 AQSh dollari

e) chet elga chiqish uchun ilgari rasmiylashtirilgan ruxsat beruvchi yozuv stikeriga baʼzi oʻzgartirishlar kiritganlik, shu jumladan bolalar toʻgʻrisida yozuvlarni kiritganlik uchun

10 AQSh dollari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) II boʻlimga quyidagi mazmundagi 6-modda qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“6-modda‎‎

Xorijiy davlatlar diplomatik pasportlariga va maqomiga koʻra ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar pasportlariga viza berish konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirilmasdan beriladi”;‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 3-ilovaga izohlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning ikkinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Odam savdosi va noqonuniy migratsiya qurboni boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, yashash uchun mablagʻsiz qolgan shaxslar, shuningdek xorijda qonuniy vakillar qaramogʻisiz qolgan voyaga yetmagan shaxslar ularning shaxsini aniqlash (ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda) va Oʻzbekistonga qaytish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xatti-harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Konsullik yigʻimini undirish boʻyicha hisobot shakli Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Paritetga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy fuqarolarga nisbatan ularning davlatlarida shunga oʻxshash xatti-harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan undiriladigan yigʻimlar va bojlar miqdoriga muvofiq konsullik yigʻimi tarifini koʻpaytirish, kamaytirish tomoniga oʻzgartirishga yoki ulardan ozod qilishga ruxsat etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎“6. Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni, xorijga chiqish va xorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi

b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

v) Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga chet ega chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 40 foizi‎

d) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 60 foizi‎

�) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 80 foizi‎

z) chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga baʼzi oʻzgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)‎

eng kam oylik ish haqining 10 foizi‎

i) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 10 foizi‎

k) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 20 foizi‎

l) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yoʻqotib qoʻyilgan yashash uchun ruxsatnoma oʻrniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi‎

m) yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar, shu jumladan biometrik pasportlar hamda ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻrniga yangilarini berganlik uchun ‎

ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan miqdorlarda”.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 284-modda)