Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2008 07.09.1995 yildagi PF-1270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirish borasida davlat siyosatini amalga oshirish, uni jonlantirish yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni olib tashlash, shuningdek aksiyador investorlarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi PF-1414-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 30-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha Davlat komissiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— investitsiya institutlarining fond birjasidagi savdolarga bab-baravar kirishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— haqiqiy talab va taklifni, emitentlarning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini, qimmatli qogʻozlarning sotilish darajasini hisobga olgan xolda qimmatli qogʻozlar ochiq savdoga qoʻyilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 Qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining manfaatdorligini oshirish, fond bozorida operatsiyalarni faollashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— 1995-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarning dividendlar holida qimmatli qogʻozlarning aylanishidan, qimmatli qogʻozlarning sotib olish va sotish narxlari oʻrtasidagi tafovutdan olingan daromadlari uch yil muddatgacha soliqqa tortilishdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— 1995-yil 1-sentabrdan boshlab qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzish chogʻida bitim qatnashchilaridan olinadigan qimmatli qogʻozlar operatsiyasi soligʻi bekor qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— 1995-yil 1-sentabrdan boshlab qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektini roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida emitentdan olinadigan qimmatli qogʻozlar operatsiyasi soligʻining stavkasi emissiya oʻz qiymatining 0,5 foizidan 0,1 foiziga kamaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qimmatli qogʻozlar bozorida xorijiy investorlarning qatnashishini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar va fond birjalari Davlat komissiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi emitentlarining qimmatli qogʻozlarini sotib olishga, qoʻyilgan mablagʻlarni va ular boʻyicha olingan daromadlarini konvertatsiyalashga, keyinchalik amaldagi qonunchilikka muvofiq repatriatsiya qilishga boʻlgan huquqlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Oʻzbekiston emitentlarinikini chet mamlakatlarga kiritish, roʻyxatdan oʻtkazish va joylashtirish tartibini 10 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki korxonalarini aksiyalashtirish va qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni 6-bandining 2-xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 225-modda; 1996-y., 3-son, 30-modda)