16.08.1995 yildagi PF-1213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARIDA ISH HAQI MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash va mehnat haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1995-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqining eng oz miqdori — oyiga 250 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat pensiyasining eng oz miqdori — oyiga 645 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan daromadi eng oz miqdori — oyiga 400 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryadining eng oz miqdori — oyiga 400 soʻm miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1995-yilning 1-sentabridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oʻrta hisobda 1,33 baravar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, boshqa xalq taʼlimi muassasalari oʻqituvchilarining, professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbarlarning ish haqi mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadni oshirish hisobiga oʻrtacha 1,5 baravar koʻpaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1995-yil 1-sentabrdan boshlab hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalarning, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari stipendiyalarining miqdorlari oʻrta hisobda 1,33 baravar oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1995-yil 1-sentabrdan quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaligidan nogironlar uchun nafaqalar miqdori oyiga 645 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun nafaqalar miqdori oyiga 400 soʻm.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi PF-1383-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek bolali oilalarga nafaqalar hamda eng oz ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar ushbu Farmonda koʻrsatilgan eng oz ish haqi miqdori asosida 1995-yil 1-sentabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar mazkur Farmon qoidalariga asoslanib pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning va xodimlar mansab okladlarini miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va ijtimoiy sugʻurta fondi hisobidan qoplansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Budjet hisobidan pul bilan taʼminlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga mazkur fond mablagʻlari hisobidan xodimlarning ish haqiga shaxsiy ustama haqlarini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu fondni tashkil etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar 1995-yilda mehnat haqi fondini tejash hisobidan qoplansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin hamda unda aniq maqsadni koʻzlab foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar ish haqini oʻzlarining daromad manbalari hisobidan mehnat haqi fondi doirasida oshirsinlar va bunda mazkur Farmon bilan belgilangan eng oz ish haqi koʻpaytirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi 1080-son Farmoni (4-bandi bundan mustasno) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1213-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 218-modda; 1996-y., 3-son, 22-modda; 3-son, 25-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 114-modda; 2007-y., 17-18-son, 176-modda; 2008-y., 31-32-son, 295-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)