29.06.2011 yildagi 192-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAKILLARINING OʻQISHINI TASHKIL ETISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATI GRANTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish uchun berilayotgan 202 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yaponiya Hukumatining Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish amalga oshiriladigan (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqishini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripovga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalari va Grant Bitimini imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga — loyihani amalga oshirish doirasida grantlarni olish va ularga xizmat koʻrsatish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — grantlarga hisob-kitob xizmati koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga — grantlarga hisob-kitob xizmati koʻrsatish yuzasidan Yaponiya tomoniga vositachilik xarajatlarini toʻlash uchun vositachilik xarajatlarini erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiyalashni taʼminlash yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi grantga hisob-kitob xizmati koʻrsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik xarajatlarini Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiyada loyihani amalga oshirish doirasida oʻqigan oʻzbekistonlik mutaxassislarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va ularning ishga joylashtirilishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 266-modda)