Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2019 21.06.2011 yildagi PF-4324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2019
Hujjat 21.06.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoni) ”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati tashkil etilishi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Davlat maslahatchisi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 21-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4324-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 21-iyundagi PF-4324-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-apreldagi PF-3590-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-maydagi PF-4305-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining ustavida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning oʻn ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Institut direktori lavozimi boʻyicha ayni bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisining oʻrinbosari hisoblanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi—beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 25-son, 255-modda)