21.09.2001 yildagi PF-2942-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAMZA NOMIDAGI OʻZBEK DAVLAT AKADEMIK DRAMA TEATRIGA “MILLIY TEATR” MAQOMINI BERISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda professional teatr sanʼatini yanada rivojlantirish, Vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimizning oʻlmas merosini, mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlarimizni, bugungi zamonaviy qahramonlar siymosini aks ettiruvchi badiiy barkamol asarlar yaratishni ragʻbatlantirish, xalqimiz maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, yosh avlod qalbi va ongiga ezgulik gʻoyalarini singdirishda teatr sanʼatining rolini yanada kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, atoqli sanʼat namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomi berilsin va u “Oʻzbek Milliy akademik drama teatri” deb atalsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— buyuk maʼnaviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, oʻzbek milliy teatri anʼanalarini izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilgʻor uslublarni milliy ruh bilan uygʻunlashtirgan holda teatr sanʼatiga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— milliy istiqlol gʻoyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida oʻzbek milliy teatr sanʼati taraqqiyotiga hissa qoʻshish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xalqimiz, avvalo yoshlarimiz qalbida milliy gʻurur, milliy iftixor tuygʻularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— isteʼdodli sanʼatkorlar, yosh aktyorlar, dramaturg va rejissorlar, sahna sanʼati mutaxassislarining salohiyatini toʻla roʻyobga chiqarish uchun oʻziga xos ijodiy maktab boʻlib xizmat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— mamlakatimiz miqyosida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, jahonning ilgʻor va nufuzli teatrlari bilan ijodiy muloqot va amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro festivallarda oʻzbek teatri yutuqlarini munosib ravishda namoyish etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining Nizomini ishlab chiqib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda Oʻzbek Milliy akademik drama teatri xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tarif meʼyorlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2942-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 203-modda)