Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.1992 yildagi 638-XII-son
Kuchga kirish sanasi
29.07.1992
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 20.01.2002 sanasi holatiga | Hujjat 19.02.2019 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
KASABA UYuShMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA | KASABA UYuShMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA |
1 BOB. UMUMIY QOIDALAR | 1 BOB. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Kasaba uyushmalari | 1-modda. Kasaba uyushmalari |
Kasaba uyushmasi koʻngilli jamoat tashkiloti boʻlib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, oʻz aʼzolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bogʻlangan mehnatkashlarni birlashtiradi. | Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga koʻra oʻz aʼzolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bogʻlangan fuqarolarning jamoat birlashmasidir. Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirishi mumkin. |
2-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi | 2-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi |
Mehnatkashlar, shuningdek oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan shaxslar* hech qanday tafovutsiz oʻz xohishlariga koʻra va oldindan ijozat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tuzish huquqiga, shuningdek ustavlarga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar. * Bundan buyon — mehnatkashlar deb yuritiladi. Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida** kasaba uyushmalari tuzishga haqlidirlar. ** Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, korxonalar, (birlashmalar) muassasalar, tashkilotlar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari bundan buyon korxonalar deb, ularning boshqaruv idoralari esa maʼmuriyat deb yuritiladi. Boshqa ish joylari deganda yakka tartibdagi va boshqa yoʻsindagi mehnat faoliyati nazarda tutiladi. Ishlamaydigan pensionyerlarning kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirish yoki undan chiqish tartibi kasaba uyushmalarining ustavlari bilan yoʻlga solib boriladi. Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika va boshqa hududiy hamda tarmoq birlashmalari tuzishlari, shuningdek ularga kirishlari mumkin. Kasaba uyushmalarining ustavlari “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Barcha kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadilar. | Xodimlar, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslar hamda ish bilan taʼminlangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan kirish huquqiga egadir. Xodimlar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yakka tartibdagi tadbirkorlik va oʻzga mehnat faoliyati amalga oshirilayotgan boshqa ish joylarida kamida uch nafar xodimning tashabbusi bilan kasaba uyushmalarini tuzishga haqli. Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish-tarmoq prinsipiga koʻra tarmoqlar va hududlar darajasida tuzilishi mumkin. Ishlamaydigan pensionyerlarning kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirishi yoki undan chiqishi tartibi kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi. Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika, tarmoq va hududiy birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek ularga kirishi mumkin, mazkur birlashmalarga kasaba uyushmalari faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va kafolatlari tatbiq etiladi. Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadi. |
3-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi | 3-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi |
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xoʻjalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. | Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda oʻz ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, oʻz faoliyatlarini tashkil etadilar, yigʻilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar oʻtkazadilar. | Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda oʻz ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, oʻz faoliyatlarini tashkil etadilar, yigʻilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar oʻtkazadilar. |
Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, oʻz xohishiga koʻra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar. | Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, oʻz xohishiga koʻra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar. |
4-modda. Fuqarolarni kasaba uyushmalariga mansubligiga qarab kamsitishni taqiqlash | 4-modda. Fuqarolarni kasaba uyushmalariga mansubligiga qarab kamsitishni taqiqlash |
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonunlarda kafolat berilgan mehnat, ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari biron bir tarzda kamsitilishiga sabab boʻlmaydi. Mehnatkashlarni ishga qabul qilish, xizmat pogʻonalariga koʻtarish, shuningdek ishdan boʻshatish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirish yoki undan chiqishni shart qilib qoʻyish taqiqlanadi. | Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonun hujjatlarida kafolat beriladigan mehnat huquqlari, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari biror bir tarzda cheklanishiga sabab boʻlmaydi. Xodimni ishga qabul qilish, xizmat pogʻonalariga koʻtarish, shuningdek u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirishni yoki undan chiqishni shart qilib qoʻyish taqiqlanadi. |
5-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatini toʻxtatish yoki taqiqlash | 5-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatini toʻxtatish yoki taqiqlash |
Kasaba uyushmalari faoliyatini toʻxtatish uning aʼzolari qarori asosida ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Kasaba uyushmasining faoliyatini tugatish ustavda belgilangan tartibda uning vakolatli organi qaroriga koʻra amalga oshiriladi. |
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʻlgan hollarda bu faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalari faoliyatini boshqa biron bir idoraning qarori bilan taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. | Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid boʻlgan taqdirda, bu faoliyat sudning qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalarining faoliyatini biror bir boshqa organning qaroriga koʻra taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. |
6-modda. Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlar | 6-modda. Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlar |
Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlar mazkur jamoat tashkilotlarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu Qonundan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. | Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. |
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar idoralarida, milliy xavfsizlik xizmatlarida, ichki qoʻshinlari va boshqa harbiy tuzilmalarida qoʻllanilishining oʻziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilab beriladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida kasaba uyushmalarini tuzish, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi | Ushbu Qonunni Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi. |
II BOB. KASABA UYuShMALARINING ASOSIY HUQUQLARI | II BOB. KASABA UYuShMALARINING ASOSIY HUQUQLARI |
7-modda. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining qonunlar va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqishda qatnashish huquqlari | 7-modda. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqlari |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlari ishlab chiqishda qatnashish huquqiga egadir. | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid meʼyoriy hujjatlar qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruvi, xoʻjalik va kooperativ idoralariga taqdim etishga haqlidir. | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishga haqlidir. |
Davlat boshqaruvi va xoʻjalik idoralari mehnatkashlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga daxldor meʼyoriy hujjatlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashini kamida bir hafta oldin xabardor etgan holda qabul qiladilar. | Xodimlarning mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi oldindan xabardor etilgan holda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi. |
8-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat qilish huquqini himoya etish sohasidagi huquqlari | 8-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat qilish huquqini himoya etish sohasidagi huquqlari |
Kasaba uyushmalari oʻz aʼzolarining mehnat qilish huquqini himoya etadilar, aholini ish bilan taʼminlash davlat siyosati ishlab chiqilishida qatnashadilar. Korxonalarda ishdan holi etib olinadigan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qonunlar asosida jamoa shartnomasida belgilab qoʻyiladigan choralarini taklif etadilar. Maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasining tashabbusi bilan ish joylarining qisqartirilishi yoki ish sharoitining yomonlashuviga olib keladigan korxonani va undagi tarkibiy boʻlinmalarni tugatish, ishlab chiqarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish tegishli kasaba uyushmalari kamida uch oy oldin xabardor qilib qoʻyilgan va ular bilan mehnatkashlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etish yuzasidan muzokara oʻtkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Kasaba uyushmalari aholini ish bilan taʼminlashning ahvolini va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib boradi. Mehnat shartnomasi maʼmuriyatining tashabbusi bilan bekor qilinishiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tegishli kasaba uyushma qoʻmitasi bilan oldindan kelishilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. 9-modda. Kasaba uyushmalarining muzokaralar olib borish va jamoat shartnomalari, bitimlari tuzish huquqlari Kasaba uyushmalari maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bilan jamoa muzokaralari olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda ustuvor huquqqa egadirlar, ularning bajarilishini nazorat qiladilar. Agar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, bitimi tuzishni taklif qilsa, maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bu haqda muzokaralar olib borishi shart. 11-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish huquqlari Kasaba uyushmalari maʼmuriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqlidir. Maʼmuriyat mehnat va kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlar buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida bir oy muddat ichida kasaba uyushmasiga xabar qilishi shart. Kasaba uyushmalari mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Shu maqsadda kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlari va boshqa zarur idoralarga ega boʻlishi mumkin. | Kasaba uyushmalari oʻz aʼzolarining mehnat huquqini himoya qiladi, ish bilan taʼminlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda ishdan boʻshatiladigan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarini taklif etadi. Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlarning soni (shtati) yoki mehnat sharoitlari oʻzgarishiga olib keladigan tarzda tashkilotni va uning tarkibiy boʻlinmalarini tugatish, ishlab chiqarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish tegishli kasaba uyushmalari kamida ikki oy oldin xabardor qilingan hamda ular bilan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan muzokaralar oʻtkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Kasaba uyushmalari aholini ish bilan taʼminlashning holati va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Agar jamoa shartnomasida, kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday rozilikni olmay turib shartnomani bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 9-modda. Kasaba uyushmalarining muzokaralar olib borish va jamoa shartnomalari, kelishuvlari tuzish huquqlari Kasaba uyushmalari ish beruvchi, ish beruvchilarning birlashmasi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomalarini, kelishuvlarini tuzishda ustuvor huquqqa ega boʻladi, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Agar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, kelishuvi tuzish taklifi bilan chiqsa, ish beruvchilar, ularning birlashmalari bu haqda muzokaralar olib borishi shart. 10-modda. Kasaba uyushmalarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga doir huquqlari Kasaba uyushmalarining mehnat sharoitlari va mehnatga haq toʻlash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, xodimlarning uy-joy sharoitlari, ularni ijtimoiy sugʻurta qilish, ularning sogʻligʻini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya taʼminoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari oʻz vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi oʻzgarishiga qarab kompensatsiya toʻlash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunda belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalalar boʻyicha jamoa kelishuvlari tuzishi mumkin. 11-modda. Kasaba uyushmalarining qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir huquqlari Kasaba uyushmalari ish beruvchi tomonidan mehnat va kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, aniqlangan xukuqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Ish beruvchi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari haqida kasaba uyushmasiga oʻn besh kunlik muddat ichida xabar berishi shart. Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga daʼvo arizasi bilan, shuningdek sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli. Kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlariga va boshqa zarur organlarga ega boʻlishi mumkin. |
12-modda. Mehnat nizolarini koʻrib chiqishda kasaba uyushmalarining huquqlari | 12-modda. Mehnat nizolarini koʻrib chiqishda kasaba uyushmalarining huquqlari |
Kasaba uyushmalari kasaba uyushmasi aʼzosi bilan maʼmuriyat oʻrtasida paydo boʻlgan yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qonunlarga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladi. | Kasaba uyushmalari yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqishda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi. |
Kasaba uyushmalari mehnatga doir amaldagi qonunlarning jamoa shartnomasi, bitimi shartlarining buzilishi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq masalalarga doir jamoa mehnat nizolarini koʻrib chiqishda qatnashadi. | Kasaba uyushmalari qonun hujjatlarining, jamoa shartnomasi, kelishuvi shartlarining buzilganligi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha jamoalarga doir mehnat nizolarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi. |
13-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish masalalariga doir maʼlumotlar olish huquqlari | 13-modda. Kasaba uyushmalarining mehnatga oid masalalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa masalalari yuzasidan axborot olish huquqlari |
Kasaba uyushmalari maʼmuriyatdan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralaridan mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilab qoʻyilgan statistika hisoboti doirasida bepul maʼlumotlar olishga haqlidir. | Kasaba uyushmalari ish beruvchidan, shuningdek davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilangan statistika hisobotlari doirasida bepul axborot olishga haqlidir. |
14-modda. Kasaba uyushmalarining maʼmuriyat tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qilish huquqi | 14-modda. Kasaba uyushmalarining ish beruvchilar, ularning birlashmalari tomonidan jamoa shartnomalari, kelishuvlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqlari |
Maʼmuriyat jamoa shartnomasi shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda kasaba uyushmalari ana shu qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisida maʼmuriyatga taqdimnoma kiritishga haqlidir, bu taqdimnoma bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi. Maʼmuriyat kasaba uyushmalarining bu talabini bajarishdan bosh tortgan yoki yuqorida aytilgan muddatda oʻzaro bitimga kelishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoa mehnat nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq koʻrib chiqiladi. | Ish beruvchilar, ularning birlashmalari jamoa shartnomalari, kelishuvlari shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi. Ish beruvchilar, ularning birlashmalari kasaba uyushmalarining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad etgan yoki koʻrsatilgan muddatda ular oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi. |
15-modda. Maʼmuriyat va mehnat jamoasi oʻrtasidagi nizolarni qarab chiqish va hal etish | 15-modda. Ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqish hamda hal etish |
Mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilishga hamda maʼmuriyat bilan mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmalari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga toʻla muvofiq holda qarab chiqiladi. | Xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi oʻrtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi. |
16-modda. Kasaba uyushmalarining davlatlararo bitimlar tuzilishi va davlat hokimiyati hamda boshqaruvi idoralari shakllantirilishidagi ishtiroki | 16-modda. Kasaba uyushmalarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishdagi ishtiroki |
Kasaba uyushmalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aholining koʻchib yurishi, ish bilan taʼminlanishi, mehnat, narx-navo belgilash va ijtimoiy taʼminot masalalariga doir davlatlararo bitimlar tuzilishida, xalq deputatligiga nomzodlar koʻrsatilishda, saylov mavsumida ularni qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etishlari mumkin. | Kasaba uyushmalari migratsiya, ish bilan taʼminlash, mehnat, narx belgilash va ijtimoiy taʼminot masalalariga doir Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi mumkin. |
III BOB. KASABA UYuShMALARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI | III BOB. KASABA UYuShMALARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI |
17-modda. Maʼmuriyat, davlat va xoʻjalik idoralari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning kasaba uyushmalariga nisbatan majburiyatlari Davlat va xoʻjalik idoralarining maʼmuriyati, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishlari, ularning faoliyat koʻrsatishlariga koʻmaklashishlari shart. Bu idoralar va shaxslar kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Davlat va xoʻjalik idoralarining maʼmuriyati jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining vakillari shu kasaba uyushmasi aʼzolari ishlayotgan korxonalarga ustavda belgilangan vazifalarni va qonunlarda belgilab qoʻyilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishlariga toʻsqinlik qilishga haqli emas. 18-modda. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan holda mehnatkashlarning kasaba uyushmalari idoralariga saylangan xodimlar uchun beriladigan kafolatlar Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas: ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari idoralari tarkibiga saylangan xodimlar shu idoraning roziligi olinmasdan turib; korxona boʻlinmalaridagi kasaba uyushmalari idoralarining rahbarlari — tegishli kasaba uyushmasi idorasining roziligi olinmasdan turib; korxonadagi kasaba uyushmasi idoralarining rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotchilari — tegishli kasaba uyushmasi birlashmasining roziligi olinmasdan turib. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmasi idoralari tarkibiga saylangan shaxslarni maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga ishdan boʻshatishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular aʼzo boʻlgan kasaba uyushmasi idorasining roziligi olingandan keyingina, korxonadagi kasaba uyushmasi idoralarining raislari va aʼzolarini maʼmuriyatning tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga esa, yuqoridagilardan tashqari, faqat tegishli kasaba uyushmasi birlashmasining roziligi olinganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Kasaba uyushmasi tashkilotchilari va kasaba uyushmasi guruhlari tashkilotchilarini maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga tegishli kasaba uyushmasi birlashmasi idorasining roziligi olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Kasaba uyushmalari saylab qoʻyiladigan idoralarining ishlab chiqarishda oʻzining asosiy ishidan ozod qilinmagan aʼzolariga jamoat shartnomasi, bitimida belgilab qoʻyiladigan shartlarga muvofiq, jamoa manfaatlari yoʻlida jamoatchilik vazifalarini bajarishlari uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan boʻsh vaqt beriladi, shuningdek qisqa muddatli kasaba uyushmasi oʻquviga qatnagan vaqtlarida ularning oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Kasaba uyushmalarining saylab qoʻyiladigan idoralari aʼzolari delegat sifatida kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda, shuningdek, kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida qatnashgan vaqtlari uchun kasaba uyushmalari mablagʻi hisobidan oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanib, ishlab chiqarishdagi ishlaridan ozod qilinadilar. 19-modda. Ishlab chiqarishdagi ishdan ozod qilingan holda mehnatkashlarning kasaba uyushmalari idoralariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar Kasaba uyushma idoralaridagi saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylov vakolatlari tugaganidan soʻng avvalgi oʻz ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) boʻlmagan taqdirda oʻsha korxonada yoki xodimning roziligi bilan boshqa korxonada avvalgisiga teng keladigan boshqa ish (lavozim) beriladi. Tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda oldingi ish joyidagi korxona maʼmuriyati, korxona tugatilgan taqdirda esa kasaba uyushmasi xodim uchun ishga joylashish davrida oʻrtacha ish haqini saqlab qoladi, lekin bu muddat olti oydan oshmasligi kerak, malakasini oʻzgartirish uchun oʻqish chogʻida esa bir yil muddatgacha oʻrtacha ish haqi saqlab turiladi. 20-modda. Kasaba uyushmasi idoralariga saylangan xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari Kasaba uyushmasi idoralari tarkibiga saylangan xodimlarning saylov vakolatlari tugaganidan soʻng ikki yil davomida maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilishi yoki xodimning qonunga muvofiq ishdan boʻshatilishiga olib keladigan xatti-harakatlar sodir etish hollari bundan mustasnodir. Bunday hollarda ishdan boʻshatish 18-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 21-modda. Kasaba uyushmalari va ularga qarashli korxonalarning mulkiy va moliyaviy huquqlari Kasaba uyushmalari va ularning idoralari qonunlarga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadilar. Kasaba uyushmalari mulkka egalik huquqi asosida oʻzlariga qarashli boʻlgan mol-mulk va pullarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar. Kasaba uyushmalari davlat, xoʻjalik, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar, oʻz navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar. Kasaba uyushmasi budjeti mablagʻining manbalari, mablagʻni shakllantirish va undan foydalanish tartibi kasaba uyushmalari ustavida belgilab beriladi. Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning oʻz ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kasaba uyushmalariga qarashli korxonalar va tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablagʻ miqdori va toʻlagan soliq miqdori davlat moliya idoralari va soliq inspeksiyalari tomonidan qonunlarga muvofiq ravishda nazorat qilinadi. Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ravishda belgilab qoʻyilgan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, kasaba uyushmalarining banklarini, sugʻurta va aksionerlik jamiyatlarini, qoʻshma tijorat korxonalarini barpo etish, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish, turli fondlar tuzish huquqiga egadirlar. 22-modda. Korxonaning kasaba uyushmalari faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish borasidagi vazifalari Korxona maʼmuriyati kasaba uyushmalariga ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan jihozlangan binolarni foydalanish uchun tekinga beradi, binolarni berish shartlari maʼmuriyat va kasaba uyushmalari ishtirokida mehnat jamoasining qarori bilan belgilanadi. Jamoa shartnomasi tuzish chogʻida qabul qilingan qarorga muvofiq korxona kasaba uyushmalariga oʻz balansida turgan yoki oʻzi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolari bilan madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan dam olish maskanlarini, bolalar-oʻsmirlar lagyerlari va boshqa sogʻlomlashtirish lagyerlarini bepul foydalanish uchun beradi. Korxona kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun qonunlarda belgilab qoʻyilgan miqdorda mablagʻ oʻtkazadi. Korxonada ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi. | 17-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlari Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishi, ularning faoliyatiga koʻmaklashishi shart. Ular kasaba uyushmalarining huquqlarini buzganlik yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalari vakillarining shu kasaba uyushmalari aʼzolari ishlayotgan tashkilotlarga ustavda belgilangan maqsad va vazifalarni hamda qonun hujjatlarida berilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas. 18-modda. Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas: kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan xodimlarga — shu organning roziligi olinmasdan turib; tashkilot boʻlinmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligi olinmasdan turib; tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga, kasaba uyushmalari tashkilotchilariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olinmasdan turib. Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular aʼzo boʻlgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan taqdirdagina, tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining raislari va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa, yuqoridagilardan tashqari faqat tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Kasaba uyushmalarining tashkilotchilari va kasaba uyushmalari guruhlarining tashkilotchilari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga tegishli kasaba uyushmalari birlashmasi organining roziligi olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Kasaba uyushmalari saylab qoʻyiladigan organlarining ishlab chiqarishdagi oʻz ishidan ozod qilinmagan aʼzolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga koʻra jamoa manfaatlarini koʻzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan boʻsh vaqt beriladi, shuningdek kasaba uyushmasining qisqa muddatli oʻquvi vaqtida ularning oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Kasaba uyushmalarining saylab qoʻyiladigan organlari aʼzolari kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida delegat sifatida ishtirok etayotgan vaqtga ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablagʻlari hisobidan oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi. 19-modda. Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilingan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar Kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan soʻng avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmagan taqdirda esa, oʻsha tashkilotda yoki xodimning roziligi bilan boshqa tashkilotda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarga tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular qonunda, jamoa shartnomalarida, kelishuvlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi. 20-modda. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarning mehnatga oid qoʻshimcha kafolatlari Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qoʻyiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 21-modda. Kasaba uyushmalarining hamda ularga qarashli tashkilotlarning mulkiy va moliyaviy huquqlari Kasaba uyushmalari mulk huquqi asosida oʻziga qarashli boʻlgan mol-mulk va pul mablagʻlariga egalik qiladi, ulardan foydalanadi hamda ularni tasarruf etadi. Kasaba uyushmalari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, oʻz navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlarining manbalari, mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ularning ustavlarida belgilanadi. Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kasaba uyushmalariga qarashli tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablagʻlarning miqdorlari va soliqlarni toʻlash davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi. Kasaba uyushmalari oʻz ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tijorat tashkilotlarini tashkil etish, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish, turli fondlar tuzish huquqiga ega. 22-modda. Ish beruvchining kasaba uyushmalari faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish borasidagi majburiyatlari Jamoa shartnomasiga, kelishuviga muvofiq tashkilot oʻz mulki boʻlgan yoxud oʻzi ijaraga olgan binolarni, xonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya- sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan dam olish maskanlarini, bolalar-oʻsmirlar oromgohlarini va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlarini kasaba uyushmalariga tekin foydalanish uchun beradi. Tashkilot maqsadi va miqdorlari jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan mablagʻlarni kasaba uyushmalariga oʻtkazadi. Tashkilotda ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi, kelishuvi bilan tartibga solinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1992-yil 2-iyul, | 1992-yil 2-iyul, |
638-XII-son | 638-XII-son |