O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2011-yil 26-martda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 14-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 184, 185, 194, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
2) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”;
3) 28-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 1283-moddasining to‘rtinchi qismida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno”;
4) 33-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi”;
5) 125-moddaning:
birinchi qismi sanksiyasidagi “o‘ndan bir” degan so‘zlar “beshdan bir” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o‘chirgan holda boshqarishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
to‘rtinchi—yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “besh baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi sanksiyasidagi “yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “o‘n baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
sakkizinchi qismidagi “125, 126, 127, 128, 129, 130, 131, 133, 134, 135” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351” raqamlari bilan almashtirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 1251-modda bilan to‘ldirilsin:
“1251-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
7) 126-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“126-modda. Ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) nostandart oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
Davlat standarti normalariga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon yoki tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
8) 128-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 1283, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o‘tish, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rish cheklangan sharoitlarda yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo‘lovchilarga loyqa sachratishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
9) 1281-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari miqdorida” degan so‘zlar “ikki baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “uch baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 1282-modda:
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “ikki baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “ikki” degan so‘z “uch” degan so‘z bilan almashtirilsin;
11) quyidagi mazmundagi 1283 — 1286-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
1285-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi
Transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, —
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
12) 129-moddaning:
nomidagi “harakat xavfsizligiga” degan so‘zlar “yo‘l harakati xavfsizligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “uch baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “besh baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 130-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “uch baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “besh baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 131-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
to‘rtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n besh” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 135-moddaning:
nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“135-modda. Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik haqidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “uch baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “besh baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 136-moddaning:
nomi “haydovchilarining” degan so‘zdan keyin “va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
17) 137-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
18) 138-modda:
nomidagi “harakat qoidalarini” degan so‘zlar “yo‘l harakati qoidalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “aravakashlar” degan so‘z “ulovli aravani boshqarib boruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “o‘ndan bir qismi” degan so‘zlar “uchdan bir qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda” degan so‘zlar “ikkidan bir qismi miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda” degan so‘zlar “bir baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
19) 139-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Nosozligi bo‘lgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
20) 140-moddaning sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “o‘n besh baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 147-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “o‘n baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan so‘zlar “o‘n besh baravari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 245-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 48, 491, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining to‘rtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159, 160, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 177, 179, 1792, 1793, 180, 181, 182, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno), 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 190, 191, 193, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-mo�dalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo‘yilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun o‘zlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi”;
23) 247-moddaning matnidagi “Ushbu Kodeksning 61, 125, 126, 127, 128, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 136, 137, 138, 183, 184, 185, 220, 221-moddalarida” degan so‘zlar “Ushbu Kodeksning 61, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 183, 184, 185, 220, 221-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 248-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 224, 225-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir”;
“5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri yoki uning o‘rinbosari;
7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;
25) 256-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir”;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshlig‘i, katta inspektori”;
26) 287-moddaning:
1-bandidagi “125, 126, 127, 128, 1281, 1282” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “125, 126, 127, 128” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
27) 291-modda birinchi qismining “a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126, 131, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (militsiya xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan”;
28) 304-moddaning ikkinchi qismidagi “125, 126, 127, 128” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 3081-modda bilan to‘ldirilsin:
“3081-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi masalani hal etish tartibi
Agar organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasi qo‘llash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani ko‘rib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306 — 309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqiladi”;
30) 309-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 3081-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi to‘xtam ham ko‘rsatilishi kerak”;
uchinchi—yettinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
31) 310-modda:
ikkinchi qismidagi “og‘zaki ogohlantirish e’lon qilinganda, shuningdek” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ogohlantirish e’lon qilinganda ham chiqariladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-aprel,
O‘RQ-289-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 17-son, 168-modda)