Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 24.10.1996 yildagi PF-1601-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 24.10.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA NAQD XORIJIY VALYUTA MUOMALASINI TARTIBGA SOLISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada erkin almashtiriladigan valyutada hisob-kitoblar va xizmatlarning barcha turlarini tezkorlik bilan amalga oshirib, xorijiy hamda vatanimizdagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli valyuta mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlayotgan vakolatli banklar tarmogʻi vujudga keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga tekshirishlarning koʻrsatishicha, respublikada valyutani tartibga solish toʻgʻrisida amal qilayotgan qonunlar jiddiy ravishda buzilmoqda. Shularga muvofiq milliy valyuta — soʻm Oʻzbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi va xorijiy valyutada, shu jumladan naqd holida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish man qilingan. Mazkur tartibni buzganlik uchun javobgarlik, hatto jinoiy javobgarlik choralari ham koʻzda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qilinmayotgan bozorda gʻayriqonuniy ravishda sotish va olinayotgan daromadlarning soliqqa tortilishidan boʻyin tovlash maqsadida ajnabiy fuqarolar naqd xorijiy valyutani kattagina hajmlarda olib kelish va hisob-kitoblarda foydalanish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda, bu esa milliy valyutaga nisbatan ishonchga salbiy taʼsir qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tartib-qoidalarning buzilishiga chek qoʻyish va respublikaning valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunlariga ogʻishmay rioya etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonalar va tashkilotlar, boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari respublikada belgilangan tartibga qatʼiy amal qilsinlar, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta — soʻm yagona qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi va shuni nazarda tutsinlarki, mazkur tartibni buzganlik uchun javobgarlik, hatto jinoiy javobgarlik choralari koʻzda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, yuridik shaxslar naqd xorijiy valyutani olib kirishlari va olib chiqib ketishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, vakolatli banklar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina buni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari olib kiradigan naqd xorijiy valyuta belgilangan tartibda bojxona deklaratsiyasi albatta toʻldirilgandan keyin oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar —rezidentlari va norezidentlari 5000 AQSh dollaridan koʻproq miqdordagi naqd xorijiy valyutani olib kirishlari chogʻida olib kelinayotgan valyuta summasining ikki foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlarga 500 AQSh dollarga teng miqdorgacha erkin almashtiriladigan naqd valyutani, norezidentlarga — bojxona deklaratsiyasiga muvofiq respublikaga olib kelingan miqdordagi valyutani respublikadan tashqariga olib chiqib ketishga ruxsat beriladi. Koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha naqd valyutani olib chiqib ketishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar tomonidan olib chiqilib ketilayotgan erkin almashtiriladigan naqd valyuta miqdori deklaratsiyada koʻrsatilgan olib kelingan mablagʻga qaraganda 2000 dollardan ortiqroq summadan kam boʻlmagan hollarda bojxona organlariga ayirboshlash punktlarining xorijiy valyutani sotib olish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yoki valyuta foydalangani qonuniy ekanini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni majburiy ravishda taqdim etishi zarur. Tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda norezident tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan summaning 30 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu bandni roʻyobga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni uch kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib, bunda uning qoidalari diplomatik daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda toʻlovlarni amalga oshirishlari qatʼiyan man etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab koʻyilsinki, mazkur toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek soʻmlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisob-varaqlarga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun toʻlovlar yuqorida koʻrsatilgan toʻlov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisob-varaqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga Farmonning ushbu bandi bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin. Ogohlantirib qoʻyilsinki, buning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda ularga nisbatan qonunchilikda koʻzda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlmish xodimlariga barcha turdagi ishlar va xizmatlar uchun milliy valyutada haq toʻlash boʻyicha, shuningdek xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish toʻgʻrisida xorijiy davlatlarning elchixonalari hamda chet el firmalari, kompaniyalari va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bilan ish olib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, vakolatli banklari “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekturizm” uyushmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda plastik hisob-kitob kartochkalarini qoʻllanish tarmoqlarining kengaytirilishini, tovarlarning cheklarga sotilishini hamda tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari joriy etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi temir yoʻl, avtomobil, aviatsiya va daryo transporti bilan bojxona chegarasi kesib oʻtiladigan joylarda qoʻshimcha bojxona postlarini ochish boʻyicha takliflarni ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikni ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirish borasidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning roʻyobga chiqarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov, Markaziy bank Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov, Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1601-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 10-son, 191-modda; 1998-y., 4-son, 60-modda)