18.04.2011 yildagi O‘RQ-285-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING AYRIM MODDALARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA (78, 80, 93, 96 VA 98-MODDALARIGA)”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda uning o‘rinbosarlarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi O‘RQ-982-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 8-modda birinchi qismining 15-bandi birinchi xatboshisi “shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 9-modda birinchi qismining 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va” degan so‘zlardan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uning o‘rinbosarlarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hisob palatasi raisini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda) 8-moddasi birinchi qismining 15-bandi birinchi xatboshisi “shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda) 22-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bergan taqdirda Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraksiyalar bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Qonunchilik palatasini tarqatib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi Senat tomonidan uning yaqin oradagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Senat a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bergan taqdirda Senat tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Senatni tarqatib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 25-moddadagi “va uning o‘rinbosarlarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “d” band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-285-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 160-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)