O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI VA SENATINING “TOShKENT VILOYATINING ZANGIOTA VA TOShKENT TUMANLARINI BIRLAShTIRISh HAMDA TOShKENT VILOYATINING ZANGIOTA, QIBRAY TUMANLARI VA TOShKENT ShAHRINING HAMZA TUMANI HUDUDLARINI QISMAN O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA” 2010 YIL 24 SENTYABRDAGI 213-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Toshkent viloyati Zangiota tumani sud ijrochilari bo‘limining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 24-sentabrdagi 213-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“birlashtirilayotgan Zangiota va Toshkent tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda, shuningdek Zangiota va Toshkent tumanlari sud ijrochilari bo‘limlarining bo‘shab qoladigan xodimlari soni Toshkent viloyatining boshqa tumanlari (shaharlari) sud ijrochilari bo‘limlariga berish huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-aprel,
114-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 165-modda)