09.08.1996 yildagi PF-1504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUDJET BILAN HISOB-KITOBLAR UCHUN XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING MASʼULIYATINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar va majburiy toʻlovlarning budjetga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash, soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari uchun masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga soliqlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda toʻlovni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari vakillik hisob-varaqlarining holatidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchida mablagʻ mavjud boʻlgan taqdirda budjetga toʻlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor korxonaning soʻmlardagi mablagʻi yetarli boʻlmagan va valyuta hisob-varaqlarida mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda vakil qilingan banklarga soliq idoralarining taqdimnomasi boʻyicha mazkur valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotiladigan kundagi kurs boʻyicha, budjet oldidagi qarzni uzish uchun zarur hajmlarda qatʼi tartibda sotish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport mahsuloti (markazlashtirilgan eksport bundan mustasno) respublika bojxona chegarasidan oʻtgan paytdan boshlab 60 kundan keyin sotilgan hisoblanadi va tegishli barcha soliq toʻlovlari toʻlanishi majbur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq idoralarining soʻrovi boʻyicha banklar oʻz mijozlari boʻlmish korxonalarning soliq toʻlovlarini bekamu-koʻst va toʻgʻri toʻlayotganliklari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun shu korxonalarning operatsiyalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni berishlari shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyekt xizmat koʻrsatuvchi boshqa bankka oʻtganida u soliq idorasining soliqlar hamda boshqa toʻlovlar boʻyicha oʻzining davlat budjeti bilan oʻzaro munosabatlari qanday holatda ekani toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak. Bunda xoʻjalik yurituvchi subyekt budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargandan keyingina yangi hisob-kitob varagʻini ochishga yoʻl qoʻyiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul tushumiga ega boʻlgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Koʻrsatilgan hajmdan kam boʻlgan kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (yoxud virtual kassadan) foydalanishga oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5813-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 06/19/5813/3708-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi yuridik va jismoniy shaxslarga veksellar bilan operatsiyalar boʻyicha yoki bajarilishi toʻxtatilgan shartnoma boʻyicha oldindan toʻlash holida tushgan toʻlovlarni qaytarish maqsadida naqd pul mablagʻlarini toʻlashga yoʻl quyilmaydi. Mazkur pul mablagʻlari yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli hisob-kitob (joriy) varaqlariga oʻtkazilishi lozim. Belgilangan tartibni buzganlik uchun aybdor korxona va tijorat bankiga yuridik yoki jismoniy shaxsning bank hisob-varagʻiga oldindan oʻtkazilmay berilgan naqd pul mablagʻi miqdorida jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1996-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida mavoza asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda veksellarni qoʻllanishi budjet bilan hisob-kitoblar tartibining buzilishiga olib kelinmasligini nazarda tutgan holda veksel muomalasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab respublika Moliya vazirligi va moliya idoralarining tarkibiga respublikaning aksiz soligʻiga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi katta korxonalarida aksiz soliqlari boʻyicha inspektorlar lavozimini joriy etish, ularning zimmasiga aksiz soliqlarini xomchoʻt qilish va tushumini taʼminlash vazifalari yuklash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchi mazkur katta korxonalar, birinchi navbatda vino-araq mahsulotlari ishlab chiqaradigan shunday korxonalarda daromadlarni muttasil nazorat qilish hamda budjet oldidagi majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun ularning roʻyxatini har yili tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 29-martdagi PF-2276-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 80-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublikaning sud va soliq idoralari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish tartibini buzishga yoʻl qoʻyayotgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksining 176-moddasida koʻzda tutilgan maʼmuriy taʼsir choralarini kengroq qoʻllasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1504-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 103-modda; 1999-y., 3-son, 80-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 165-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 07.09.2019-y., 06/19/5813/3708-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)