Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 05.04.2011 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING QUVVATI 50 KVTGACHA BO‘LGAN ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA ULASHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ–1474-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2011-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlarining quvvati 50 kVt va undan past bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Nimatullayev), “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Teshaboyev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ixtiyoriga ko‘ra hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr tarmoqlariga ulashga texnik shartlar olish uchun bevosita, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari orqali yoki loyiha tashkilotlari orqali buyurtmalar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar berish muddati — 3 kun bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini berish muddati — 3 kun bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari elektr qurilmalarini foydalanishga topshirish imkonini aniqlashda taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini 79 tadan 13 tagacha kamaytirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 31-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, iste’molchilarning quvvati 10 kVtgacha bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun esa quvvati 50 kVt va undan past bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash qonun hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 139-modda)