29.03.2011 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) 4-bandi va unga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-darajali adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-darajali adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-darajali adliya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-darajali yurist;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-darajali yurist;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-darajali yurist.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot yoki boshqa oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga tegishli lavozimlarga muvofiq quyidagi martaba darajalari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga

1-darajali davlat adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga

2-darajali davlat adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktoriga


3-darajali davlat adliya maslahatchisi


Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosariga


1-darajali adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari va mustaqil boʻlimlari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktoriga, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga


2-darajali adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining oʻrinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori oʻrinbosariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK direktoriga; “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK direktoriga; “Inson va qonun” gazetasi tahririyati DUK bosh muharririga


3-darajali adliya maslahatchisi


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Toshkent yuridik kolleji direktorining oʻrinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga


1-darajali yurist


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining boshliqlariga; davlat xizmatlari markazlari direktorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga; notarial arxivlar mudirlariga; FHDY organlari arxivlari mudirlariga


2-darajali yurist


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga;
Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining bosh maslahatchilariga, davlat xizmatlari markazlari boʻlim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga


3-darajali yurist


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta maslahatchilari va maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining katta maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining yetakchi va katta maslahatchilariga; notariuslar yordamchilariga

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 3, 2 va 1-darajali davlat adliya maslahatchilarining martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilmagan lavozimlarini 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha boʻlgan martaba unvonlarini berish maqsadida mavjud lavozimlarga tenglashtirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda martaba darajalari quyidagilarga ham beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga va uning apparati mutaxassislariga ilgarigi ish joyida martaba darajalari berilgan boʻlsa navbatdagi martaba darajalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 67-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 2, 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasida boʻlish muddati belgilanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari idoralari hamda davlat notariati xodimlariga 1-darajali davlat adliya maslahatchisigacha va 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini egallab turgan lavozimiga qaramasdan izchillikka va martabada boʻlish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda ega boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tegishli malaka boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 6 oy oʻtgach beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining bir martaba darajasi belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Martaba darajalari berilgan xodimlar ularda umrlarining oxirigacha boʻladilar hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida ishlash bilan muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya ish qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun xodimlarning martabasi pasaytirilishi mumkin, lekin ular ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarining lavozim maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek ularning faoliyatini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2013-y., 34-son, 453-modda; 2015-y., 6-son, 67-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda, 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 31.10.2020-y., 09/20/678/1442-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)