OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
buyrugʻi
VOYAGA YETMAGANLARNI QABUL QILISh-TAQSIMLASh VA ULARGA IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISh TOʻGʻRISIDA TOShKENT ShAHAR XALQ TAʼLIMI BOSh BOShQARMASI MAXSUS MUASSASALARINING NIZOMINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 761-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son “Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 43-son, 435-modda), 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 445-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 446-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlarni qabul qilish-taqsimlash va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi maxsus muassasalarining nizomi (roʻyxat raqami 761, 1999-yil 2-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. MARAXIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-fevral,
21-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 81-modda)