OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING “BENZIN VA DIZEL YoQILGʻISI UChUN QATʼIY MIQDORDA BELGILANGAN AKSIZ SOLIGʻI STAVKALARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2120-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 52-son, 513-modda) 12-1-sonli ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 2-iyuldagi 52-sonli “Benzin va dizel yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2010-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 2120) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 28-29-son, 237-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-yanvar,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 51-modda)