Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 05.03.1996 yildagi PF-1384-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOZORLARNING FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI VA AHOLIGA XIZMAT KOʻRSATISh SIFATINI YaXShILAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon, buyum bozorlari va yarmarkalarda savdo-sotiqni tartibga solish, tushayotgan moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish, ushbu sohadagi salbiy holatlarga qarshi kurashni kuchaytirish, shuningdek aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va hokimliklarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon, buyum bozorlari va yarmarkalarni respublika tumanlari (shaharlari) hokimliklari ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va boshqa isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish (yetishtirish), tayyorlash, transportda tashish va sotish jarayoni barcha manfaatdor qatnashchilarining mol-mulki hamda mablagʻlarini birlashtirish asosida dehqon, buyum bozorlari va yarmarkalar negizida ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida va boshqa yirik shaharlarda koʻrsatib oʻtilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini keng assortimentdagi dehqonchilik, chorvachilik va boshqa isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash; dehqonlarning hamda boshqa oziq-ovqat va buyum tovarlari sotuvchilarining savdo-sotiqni amalga oshirishlari uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish; huquqbuzarliklarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqa organlari bilan birgalikda ushbu sohada zarur tartibni taʼminlash tashkil etilayotgan aksionerlik jamiyatlarining asosiy vazifalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan aksionerlik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketi hududida ushbu bozorlar va yarmarkalar joylashgan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yoki ularning vakolatli organlariga tegishli boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan bozorlar va yarmarkalarning joriy faoliyati tumanlar (shaharlar) hokimlari tavsiyasiga hamda joylardagi fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari bilan kelishuvga binoan aksionyerlarning umumiy majlisi tayinlanadigan direktor tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozorlarga erkin kirib kelishlariga toʻsqinlik qiluvchi, yuqori narxlarni sunʼiy ravishda saqlab turuvchi va boshqa huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyuvchi shaxslarning, shuningdek bozorlarning savdoni tashkil etishning qonunchilik bilan belgilangan tartibini buzuvchi, nohaq yigʻimlar olish va tovlamachilik bilan shugʻullanuvchi mansabdor shaxslari va maʼmuriyati xodimlarining noqonuniy faoliyatlari toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan sud amaliyotini oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksining va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalarini koʻrsatib oʻtilgan va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllanish tartibi haqida tushuntirishlarni ishlab chiqish maqsadida ushbu masalani Oliy sud Plenumi koʻrib chiqish uchun kiritish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik bozorlarda xodimlarning doimiy ishlovchi guruhini tashkil etsinlar, ularga savdo, xizmatlar koʻrsatishning belgilangan qoidalarini buzuvchi, roʻyxatdan oʻtish, ruxsatnoma olish va soliqlar toʻlashdan bosh tortuvchi shaxslarni aniqlash hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrish vazifasini yuklasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozorlarga erkin kirib kelishlariga toʻsqinlik qiluvchi shaxslarning, yuqori monopol narxlarni saqlab qolishni, mol-mulklarni kuch ishlatish va yoʻq qilish bilan qoʻrqitib arzonga sotib ketishni talab qiluvchi sotuvchilarning, shuningdek bozorlarning nohaq yigʻimlar oluvchi va tovlamachilik bilan shugʻullanuvchi rahbarlari va xodimlarining, davlat organlari boshqa mansabdor shaxslarining noqonuniy faoliyatlarini toʻxtatish boʻyicha tezkor-oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Adliya vazirligi (Mirsafoyev) Oliy sud (Mingboyev) bilan birgalikda savdo qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq maʼmuriy va jinoiy ishlarning sudlarda qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Mustafoyev)ga huquqni muhofaza qilish va davlat boshqa organlarining savdo toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining sodir boʻlishiga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa isteʼmol tovarlarini sotish sohasidagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirishni taʼminlash, bozorlar faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonunchilikning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmoyishning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1384-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 282-modda)