Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.09.2020 31.10.2003 yildagi PF-3346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.09.2020
Hujjat 20.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATBAHO METALLAR XARID QILISh, SAQLASh VA SOTISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasiga muvofiq hamda qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va eksport qilish jarayonini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va ortiqcha boʻgʻinlarni qisqartirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi etib qayta tashkil qilish, Davlat asllik darajasini belgilash palatasini uning ixtiyorida saqlab qolish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Qimmatbaho metallar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni xarid qilish, saqlash, hisobini yuritish va ortib joʻnatish borasidagi ishlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxiralari tarkibidagi qimmatbaho metallar, shuningdek saqlanayotgan boshqa boyliklar hisobi yuritilishi hamda saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasasi maqomiga egadir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatini moliyalash Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori maqomiga koʻra vazir oʻrinbosari lavozimiga tenglashtiriladi va belgilangan tartibda tayinlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasida saqlanayotgan boyliklarni 2004-yilning 1-yanvari holati boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazib, qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Hisob palatasi oltin-valyuta zaxiralarining eng maqbul tarkibiga erishish hamda tavakkalchiliklarini boshqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikaning qimmatbaho metallaridan samarali foydalanishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3346-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 202-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)