23.05.2007 yildagi PQ-642-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI USTYURT MINTAQASIDAGI INVESTITSION BLOKLARDAGEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARINI OLIB BORISH BO‘YICHA “GAZPROM” OAJ BILAN INVESTITSION LOYIHANI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-yanvardagi “Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga “Gazprom” OAJning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-2428-son farmoyishiga muvofiq hamda “O‘zbekneftgaz” MXK va “Gazprom” OAJ o‘rtasida 2006-yil 25-yanvarda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasi investitsion bloklarida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik o‘rganish to‘g‘risida”gi 254-son qarori bilan “Gazprom” OAJ “O‘zbekneftgaz” MXK bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturi tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gazprom” OAJ ga berilgan yettita investitsiya blokida geologik ishlarni o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziyalar berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gazprom” OAJ o‘zining shu’ba kompaniyasi “Zarubejneftgaz” YAJ ga (keyingi o‘rinlarda — Operator) “O‘zbekneftgaz” MXK va “Gazprom” OAJ o‘rtasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik o‘rganishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish doirasidagi barcha ishlarni bajarishga vakolat berganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator tomonidan Bitim doirasida faqat geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish maqsadida yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti shaklida “Ustyurt Zarubejneftgaz” MChJ tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gazprom” OAJ geologiya-qidiruv ishlarini o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashi va Operatorning harakatlari uchun xuddi o‘z harakatlari singari mulkiy javobgar bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya shartnomasiga muvofiq, Bitim doirasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda O‘zbekiston xodimlariga imtiyoz berilishi, shuningdek, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va/yoki yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilgan tovarlar, ishlar va xizmatlar imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2598-son Farmonining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar “Gazprom” OAJ ga, “Zarubejneftgaz” YAJ ga, shuningdek, Bitimni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish doirasida ular tomonidan jalb etiladigan aniqlash va qidirish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlariga tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gazprom” OAJ, “Zarubejneftgaz” YAJga materiallarni yetkazib beradigan, ishlarni bajaradigan va xizmatlarni ko‘rsatadigan korxona va tashkilotlar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va ularning Bitimni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish doirasida aniqlash va qidirish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy pudratchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan mazkur Bitimni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish bo‘yicha aniqlash, qidirish va boshqa tegishli ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslarini yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyaning amal qilish muddatiga vaqtincha olib kelish rejimida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarubejneftgaz” YAJga xorijiy pudratchi va yordamchi pudratchilarga tegishli “M2”, “M3” va “N2” toifali avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha olib kirish rejimida belgilangan tartibda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyaning amal qilish muddatiga ulardan faqat Bitim doirasida geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va o‘tkazish maqsadida foydalanish huquqi bilan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilangan tartibda Operatorga (“Zarubejneftgaz” YAJ) Bitimni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda Operator (“Zarubejneftgaz” YAJ)ga yer usti va yer osti manbalaridan suv olish uchun belgilangan tartibda zarur limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi belgilangan tartibda Operator (“Zarubejneftgaz” YAJ)ga qo‘llaniladigan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarish xavfsizligi qismida ekspert xulosalarini taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Operator (“Zarubejneftgaz” YAJ), pudratchi va yordamchi pudratchilarga Bitimni amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalari hamda yuqori chastotali qurilmalardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlanadigan Operatorning buyurtmanomalariga binoan Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda vizalar (shu jumladan ko‘p martalik) rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlanadigan Operatorning buyurtmanomalariga binoan Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Operatorga O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishi, shuningdek, ularning buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik o‘rganish to‘g‘risida”gi 254-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-642-son