Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 07.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2178
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 07.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2178
Kuchga kirish sanasi
17.01.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 17.01.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2178]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri R. GʻULOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 7-dekabrdagi 16 va 106-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Birja savdosiga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalariga kiritilgan, hamda 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlangan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish tasdiqlangan grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja tasdiqlangan grafikka muvofiq birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallar hajmlari hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Qoʻmita birjaga har oyda savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini nazarda tutuvchi tasdiqlangan grafiklarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarni bajarilishi monitoringi Qoʻmita tomonidan Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2125, 2010-yil 26-iyul) belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish ustidan monitoringni amalga oshirish maqsadida, birja Qoʻmitaga har kuni navi, klassi, markasi, turi boʻyicha sotishga haqiqatda qoʻyilgan mahsulotlarning hajmlari, shuningdek tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida elektron shakldagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Birja savdolariga takroran qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Birja savdolarida sotilmagan strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari birja savdolariga birinchi marta qoʻyilgan vaqtdan eʼtiboran bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada nazarda tutilgan muddatda xaridor tomonidan talab qilib olinmagan strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor tomonidan mahsulotga haq toʻlamaslik, sotuvchi tomonidan haq toʻlangan mahsulot hajmini yetkazib bermaslik sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroran qoʻyiladigan hajmida sotuvchi tomonidan grafikka muvofiq savdoga qoʻyilmagan hajmlari oʻrnini toʻldirish hisobga olinadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni takroran savdoga qoʻyish har bir birja savdosi sessiyasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq birja savdosiga takroran qoʻyilgan mahsulot sotilmasa, sotuvchi uni oʻtgan haftadagi savdolar natijasida yuzaga kelgan birja kotirovkalarini oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga yoki yangidan birja savdolariga qoʻyishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sotuvchining birja savdolariga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallar boʻyicha majburiyatlarini jami hajmiga tasdiqlangan grafiklarga muvofiq savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari va birja savdosiga takroran qoʻyiladigan mahsulotlar hajmiga kiradi va u quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V = Vgr + Vnv +Vnr + Vno + Vnp + Vnd, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V — savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar jami hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vgr — birja savdosiga qoʻyish boʻyicha tasdiqlangan grafikka muvofiq savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vnv — grafikka muvofiq avval savdoga qoʻyilmagan mahsulotlar hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vnr — birja savdolarida sotilmagan mahsulotlar hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vno — xaridor tomonidan haq toʻlanmaganligi sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vnp — xaridor tomonidan haqi toʻlangan mahsulotni sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagani sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vnd — shartnomada nazarda tutilgan muddatda xaridor tomonidan talab qilib olinmagan mahsulotlar hajmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hisobot oyida birja savdolariga qoʻyilgan mahsulotning umumiy hajmi hisobot oyining har kunida haqiqatda savdoga qoʻyilgan mahsulotlar koʻrsatgichlarini arifmetik qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birja savdolariga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning haqiqiy hajmlari tegishli davrga grafik boʻyicha nazarda tutilgan hajmlar va birja savdosiga takroran qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallar hajmlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hafta ichida (dushanba — juma) haqiqatdan savdoga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallarning hajmini aniqlash uchun, birja hisob-kitob haftasidan keyingi seshanbada birja savdosiga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qoʻmitaga taqdim etadi. Taqdim etilgan maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hafta ichida birja savdosiga mahsulotlar qoʻyish boʻyicha sotuvchi majburiyatlarining jami hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hafta davomida haqiqatda birja savdosiga qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolariga takroran qoʻyilgan mahsulotlarni chiqarib tashlagan holda, hafta davomida birja savdosiga haqiqatda qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqatda sotilgan mahsulotlarning jami hajmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maʼlumotlar grafiklarga muvofiq strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyishni amalga oshirayotgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” OAJ bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi OAJ Boshqaruvi raisi T. TOʻXTABOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 7-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 14-modda; 2014-y., 4-son, 54-modda; 2017-y., 37-son, 1024-modda)