Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT HAMDA JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 571-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“571-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganida jazo tayinlash”;
2) 66-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim”;
3) 71-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma aʼzosi boʻlgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan boʻlsa, basharti u ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 84-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan boʻlsa”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi”;
beshinchi qismi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa”;
2) 333-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilishga, agar oʻziga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxs yoki vafot etgan bunday shaxsning yaqin qarindoshlari bunga eʼtiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi”;
3) 362-moddaning ikkinchi qismidagi “toʻrtinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 401-moddaning ikkinchi qismidagi “toʻrtinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 421-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni koʻrishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi”;
6) 463-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq shaxsni oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa”;
7) 493-moddaning matnidagi “1 va 4-qismlarida” degan soʻzlar “birinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-dekabr,
OʻRQ-277-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 509-modda)