OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“INVESTITSIYa MAJBURIYATLARI QIYMATINI OBYEKTNING NARXIGA QOʻShISh ShARTI BILAN IKKI VA UNDAN ORTIQ YIL MOBAYNIDA SOTILMAGAN KORXONA VA YaXLIT OBYEKTLARNING AKSIYALARINI, ULUShLARINI (PAYLARINI) INVESTORLARGA SOTISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI QAROR HAMDA UNGA OʻZGARTIRIShNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1153-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 6-son, 51-modda) 4-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining 2002-yil 13-maydagi IU-01/52-son “Investitsiya majburiyatlari qiymatini obyektning narxiga qoʻshish sharti bilan ikki va undan ortiq yil mobaynida sotilmagan korxona va yaxlit obyektlarning aksiyalarini, ulushlarini (paylarini) investorlarga sotish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1153, 2002-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 11-12-son);
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining 2003-yil 16-iyundagi 01/06-3-son “Investitsiya majburiyatlari qiymatini obyektning narxiga qoʻshish sharti bilan ikki va undan ortiq yil mobaynida sotilmagan korxona va yaxlit obyektlarning aksiyalarini, ulushlarini (paylarini) investorlarga sotish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1153-1, 2003-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-dekabr,
01/23-18/13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 505-modda)