13.12.2010 yildagi O‘RQ-265-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 5-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 21-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda) 5-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘qishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik korxona o‘z uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshirilganda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-265-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 50-son, 469-modda)